15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi
ko’proq quruq ishqalanishga yaqin bo’lsa
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqlikda ishqalanishni ta’minlaydigan asosiy shartlar
ko’proq quruq ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim quruq ishqalanish, suyuqlikda ishqa-
lanishga yaqin bo’lsa, nim suyuqlikda ishqalanish deyiladi. Suyuqlikda ishqalanishni ta’minlaydigan shartlardan birortasi bajarilmasa, podshipnik nim suyuqlikda yoki nim quruq ishqalanish bilan ishlaydi. Nim suyuqlikda ishqalanish sodir bo’lganda ishqalanish koeffisienti 0,008...0,1 oralig’ida, nim quruq ishqalanish ro’y berganda esa 0,1...0,2 oralig’ida bo’ladi. Ishqalanishning yuqoridagi xillaridan sirpanish podshipniklari uchun suyuqlikda ish- qalanish eng yaxshi sharoitdir. Lekin bunday sharoitni hamma vaqt ta’minlab bo’lavermaydi. Buning uchun bir necha shartning bajarilishi kerak Suyuqlikda ishqalanishni ta’minlaydigan asosiy shartlar Suyuqlikda ishqalanish rejimiga taalluqli masalalarni yoritishda 1883 yilda N. P. Petrov yaratgan nazariyaga – moylanishning gidrodinamikaviy nazariyasita asoslaniladi. Bu nazariya qovushok suyuqlikning gidrodinamikasiga tegishli differensial tenglamalar vositasida bosim, tezlik va siljishga ko’rsatiladigan qarshilik kabi faktorlarni bir–biri bilan bog’laydi. Biz bu yerda mazkur nazariyadan podshipnikning suyuqlikda ishqalanish rejimiga taalluqli masalalarni yoritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni keltiramiz. Moy bilan to’ldirilgan muhitda ikkita A va B yassi jism (1.3-rasm) ustma-ust joylashtirilgan bo’lsin. Bunda Q kuch ta’sirida A jism B jismga nisbatan v tezlik bilan harakatlanadi. Harakat boshlanishida tezlik kichik bo’lgani tufayli A jism B jismning sirtidagi moyni sidirib harakatlanadi. Bunda ishqalanish nim quruq yoki nim suyuqlikda ishqalanish rejimida sodir bo’ladi. 15.3-rasm. v tezlik kattalashgan sari jismlarning holati o’zgarib boradi. Tezlik ma’lum qiymatga etganda A jism moyni sidirib ulgura olmaydi, natijada u moy qatlami ustiga ko’tarilib, chap tomonga engashgan holda harakatni davom ettira boshlaydi. Yuqorida eslatib o’tilgan nazariyaga ko’ra, o’zaro harakatlanayotgan ikki jism orasidagi (zazor) tirqish bir tekisda bo’lmay, bir tomondan ikkinchi tomonga torayib boradigan ponasimon rasmda bo’lsa, jismlar o’rtasida gidrodinamikaviy bosim r hosil bo’ladi. Bu bosimning qiymati tashqi nagruzkaning (A jism massasining) miqdoriga etgach A jism B jismning ustidan ko’tariladi. Natijada A jism bilan B jismning orasida moy qatlami hosil bo’ladi, ya’ni harakat suyuqlikda ishqalanish rejimida davom etadi. Demak, o’zaro harakatda bo’lgan ikki jism orasida suyuqlikda ishqalanish rejimi hosil bo’lishi uchun ular orasidagi zazor albatta ponasimon rasmda bo’lishi shart. Shunday qilib, suyuqlikda ishqalanish rejimini hosil qilish uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zarur, ya’ni: a) o’zaro ishqalanayotgan sirtlar orasidagi zazor ponasimon rasmda bo’lishi; b) jismlarning bir– biriga nisbatan harakatlanish tezligi moy qatlamida tashqi nagruzkaga teng keladigan gidrodinamikaviy bosim hosil qila oladigan bo’lishi; v) ma’lum kovushoqlikdagi moy yetarli darajada va o’zluksiz etkazib berilishi lozim. Odatdagi podshipniklarda sapfa bilan vkladish orasidagi zazor doimo ponasimon rasmda bo’ladi, chunki sapfa bilan vkladish orasida zarur zazor hosil qilish uchun ularning diametrlari bir-biridan farq, qilishi kerak. Harakatsiz turgan val o’z og’irligi bilan vkladishga bosib turadi, ya’ni bunday holda past tomonda ular orasida hech qanday zazor bo’lmaydi (1.4-rasm, a). Yuqori tomonda zazor ruxsat etilgan maksimum qiymatiga etadi. Valning harakat tezligi ma’lum kritik qiymatdan oshib, zazordagi moyning gidrodinamikaviy bosimi valning og’irligini engadigan darajaga etgach, sapfa bilan vkladish orasida moy qatlami hosil bo’lib, ish sirtlari bir– biridan batamom ajraladi (15.4-rasm, b). 15.4-rasm. Sirpanish podshipnigining suyuqlikda ishqalanish prosessining hosil bo’lishi: 1-ponasimon zazor; 2-tezlikning ortishi bilan sapfa markazining siljishi; 3- moy qatlamidagi bosim epyurasi. Valning aylanish chastotasi ortgan sari moy qatlamining qalinligi kattalashib, sapfaning markazi vkladish markaziga yaqinlashib boradi. Biroq, ularning markazi hech vaqt bir nuqtaga to’g’ri kelib qolmaydi, chunki bunday holda ponasimon zazor va buning natijasida gidrodina- mikaviy bosim yo’qolib, val o’zining og’irligi ta’sirida past tomonga siljiydi. Bu degan so’z har qanday sharoitda ham, qanday bo’lishidan kat’i nazar, ponasimon zazor saqlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ma’lum o’lchamli podshipnikda hosil bo’ladigan moy qatlamining qalinligi h ish rejimini belgilaydi va /p tarzida ifodalanadigan parametrning funksiyasi hisoblanadi: , h Ô p (15.2) bu yerda -qovushqoqlik N c/m 2 ; 30 n -valning burchak tezligi, s -1 ; R p ld - podshipnikdagi solishtirma bosim, N/m 2 (Pa); l-podshipnikning uzunligi; d -podshipnikning diametri. Demak, p - o’lchovsiz miqdor. Кo’rinib turibdiki, moy qatlamining qalinligi moyning kovushqoqligiga hamda valning aylanish tezligiga to’g’ri, solishtirma bosim miqdoriga esa teskari proporsionaldir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling