15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi


Podshipniklarning ishlash sharoiti va yemirilishi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1113376
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
15-Ma\'ruza

Podshipniklarning ishlash sharoiti va yemirilishi. Val aylana boshlashi bilan uning sirti 
podshipnikdagi vkladish ustida sirpanib ishqalana boshlaydi. Bunday ishqalanish natijasida 
ma’lum miqdor issiqlik hosil bo’ladi. Bu issiqlik podshipnik korpusi, val hamda moy vositasida 
tashqariga olib ketiladi. Podshipnikning normal ishlashi uchun, hosil bo’layotgan issiqlik 
miqdori mavjud imkoniyatlar vositasida olib ketilayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bo’lmasligi 
kerak Aks holda podshipnikning qizishi ruxsat etilgan darajadan ortib, vkladish suyuqlanib 
ketishi mumkin. Demak, podshipnikning haddan tashqari qizib ketishi uni ishdan chiqaruvchi 
asosiy sabablardan biridir. Bundan tashkari, sapfaning vkladish ustida sirpanib ishqalanishi 
natijasida yeyilish prosessi ham sodir bo’ladi. Vkladish sirtining yeyilishi ma’lum chegaradan 
ortib ketsa, mexanizmning ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun bunday podshipniklar 
yemirilgan deb topiladi. 
Podshipnikning chidamliligi, asosan, yeyilish sur’ati bilan belgilanadi. Ularning sinib 
ketishi esa kam uchraydi. Yeyilishning sur’ati ko’p jihatdan ishqalanish prosessi sodir 
bo’layotgan sirtlar orasidagi muhitga bog’liq. Ana shu muhitga qarab, ishqalanish uch turga 
bo’linadi. 
1. Quruq ishqalanish – moylanmagan sirtlar orasidagi ishqalanish. 
2. Suyuqliqda ishqalanish. Bunda ishqalanayotgan sirtlar o’zaro qovushoq moy qatlami 
bilan batamom ajralgan holda bo’ladi (15.2-rasm). 


15.2-rasm. Sirpanish podshipnigining suyuqlikda ishqalanish holatida val bilan vkladishning 
o’zaro joylashuvi (kattalashtirilgan): 
1- moy; 2-vkladish; 3-moy qatlami. 
Harakat vaqtida moyning val bilan vkladish sirtiga tegib turgan sirtqi qismi ular bilan birga 
harakat qiladi, natijada ishqalanish asosan moy qatlami ichidagi zarrachalar orasida ruy beradi. 
Moy qatlamining qalinligi sapfa hamda vkladish sirtlarida ishlov berishdan hosil bo’lgan 
notekisliklar yig’indisidan albatta katta bo’lishi kerak: 
h > R
z1
R
z2
(15.1) 
Bu shart bajarilganda tashqi (nagruzkani) yuklama moy qatlami qabul qiladi, natijada ish 
sirtlarining yyyeyilish prosessi sodir bo’lmaydi. Suyuqlikda ishqalanishning harakatga 
ko’rsatadigan qarshiligi juda kichik (ishqalanish koeffisienti 0,001…0,005 chamasida) bo’ladi. 
Demak, bunday sharoitda ishlaydigan sirpanish podshipniklarining foydali ish koeffisienti hatto 
dumalash podshipniklarnikidan ham oshadi. Shuning uchun sirpanish podshipniklaridan 
foydalanilganda suyuqlikda ishqalanish bo’ladigan sharoit yaratishga iloji boricha harakat qilish 
kerak 
3. Nim quruq, yoki nim suyuqlikda ishqalanish. Bunda ish sirtlari etarli darajada 
moylansa ham, ammo ikki sirtni batamom ajaratib turadigan moy qatlami bo’lmaydi. Ishqalanish 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling