15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi


Vkladishlar uchun ishlatiladigan materiallar


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1113376
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
15-Ma\'ruza

Vkladishlar uchun ishlatiladigan materiallar 
Vkladish podshipnikning eng muhim elementidir. Vkladishning tuzilishi, materiali, uning 
qanchalik aniq, tayyorlanganligi, joylashuvi, moy uchun mo’ljallangan ariqchalarning rasmi – bularning 
hammasi podshipnik ishini belgilaydigan faktorlardir. 
Shuning uchun vkladishlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) vkladish sirtining rasmi sapfaning uzunlik va talab etilgan qamrov burchagi bo’yicha 
bir tekis joylashuvini ta’minlashi; 
2) vkladish bilan sapfa orasidagi zazor suyuqlikda ishqalanish rejimini ta’minlaydigan 
bo’lishi; 
3) vkladish materialining yyyeyilishga chidamliligi etarli darajada bo’lishi, biroq, 
sapfaning me’yoridan ortiq yyyeyilishiga sabab bo’lmasligi; 
4) vkladishning tuzilishi u bilan sapfaning o’qdosh bo’lishini ta’minlashi lozim. 
Uncha muhim bo’lmagan mexanizmlarda ish sirtiga yaxshilab ishlov berilgan cho’yan 
vkladishlardan foydalanish mumkin. Buning uchun SChS–1, SChS–2 markali cho’yanlardan 
ko’proq foydalaniladi, chunki bu cho’yanlarda grafitli yupqa qatlam hosil qilish xususiyati 
bo’ladi, bu esa vkladish ishini yaxshilaydi. 
Cho’yan vkladishlardan aylana tezlik v = 2 m/s, solishtirma bosim r < 2 MPa bo’lgan 
hollarda foydalanish tavsiya etiladi. Odatda bunday vkladishlarning qalinligi s = 0,09d + 9 mm 
qilib olinadi. 


Xozirgi vaqtda bimetall vkladishlar ko’proq ishlatiladi. Bunda vkladishning asosiy qismi 
biror qattiq metalldan (po’lat yoki bronzadan) tayyorlanadi – uning ish sirti yupqa antifriksion 
material bilan qoplanadi. Antifriksion material sifatida babbitlardan foydalaniladi. 
Babbitning qattiq turi bo’lsa, qoplamning qalinligi 
= 1,5 +0,001d mm 
qilib, yumshoq turi bo’lganda esa
s = 0,25 +0,005 mm 
qilib olinadi. 
O’rtacha rejim bilan ishlaydigan podshipniklarning vkladishlari qo’rg’oshin–qalayli 
bronzalardan tayyorlanadi. Bunda BrOSS–5–5–5, BrOSS–6–6–3 va Br–S–30 markali 
bronzalardan foydalaniladi. Qo’rg’oshinli bronzadan tayyorlangan vkladishlar yuqori 
temperaturali muhitda ham yaxshi ishlaydi. Biroq qo’rg’oshinli bronza korroziyalanishi mumkin 
bo’lganligidan metallarning korroziyalanishiga sabab bo’ladigan muhitda (suv nasoslarida) 
bunday vkladishlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qo’rg’oshinli bronza qoplamining qalinligi 
shunday tanlanishi kerakki, ular kesib ishlangandan keyin qatlamning qalinligi 0,3...0,7 mm 
oralig’ida bo’lsin. 
So’nggi yillarda podshipniklar uchun metallokeramik vkladishlar ishlatila boshladi. 
Bunday materiallar hajmining 15–40 prosenti g’ovak bo’lib, moy shimdirilgach kam 
moylanadigan hollarda ham yaxshi ishlaydi. 
Кo’pincha temir-grafitli metallokeramik materialdan foydalaniladi. Bu material 1...3% grafit 
bilan, qolgani temir kukunidan iborat. 10% qalay, 1...4% grafit va qolgani misdan iborat 
materiallar ham ishlatiladi. 
Nazorat savollari. 
1. Dumalash podshipniklari dumalash elementiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 
2. Dumalash podshipniklari qanday elementlardan tuzilgan? 
3. Dumalash podshipniklari qanaqa seriyalarga bo’linadi? 
4. Dumalash podshipniklari qanday tanlanadi? 
5. Podshipniklarning vazifasini aytib bering.
6. Podshipniklarning turlarini keltiring. 
7. Sirpanish podshipniklari to’risida ma’lumot bering. 
8. Sirpanish podshipniklari tuzilishi jihatdan qanday podshipniklarga bo’linadi? 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling