15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
podshipniklar;
2) val o’qi bo’ylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan tirak podshipniklar; 3) val o’qiga tik bo’lgan kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni ham qabul qilishga mo’ljallangan radial–tirak podshipniklar. Dumalash podshipniklari orasida tuzilishi jihatidan eng oddiysi va arzoni sharikli radial podshipniklardir. Ular kichik qiymatli, o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni ham qabul qilish bilan birga, ish jarayonida vallarning ma’lum darajada egilishidan ortiqcha shikastlanmaydi. Shuning uchun mashinasozlikda bunday podshiniklardan keng foydalaniladi. Tayanchga tushadigan kuch katta bo’lgan hollarda rolikli podshipniklar ishlatish tavsiya etiladi. Ignasimon roliklardan foydalanish podshipnikning diametr bo’ylab o’lchamini kichraytirishga imkon beradi. Dumalash podshipniklari yuklanish qobiliyati bo’yicha etti seriyaga bo’linadi: o’ta yengil, muhim yengil, yengil, yengil keng, o’rta, o’rta keng va og’ir; aniqlik klassi bo’yicha: 0 –normal, 6-oshirilgan, 5-yuqori, 4-muhim yuqori va 2-o’ta yuqori. Har bir podshipnikning raqam va harflardan tuzilgan shartli belgisi bo’ladi. Bu belgining o’ng tomonidagi birinchi ikki raqam podshipnikning ichki diametrini ko’rsatadi. Ichki diametri 20 dan 495 mm gacha bo’lgan podshipniklar uchun bu raqamlar ichki diametrning 5 ga bo’linganiga teng qilib olingan, ya’ni bunday podshipniklar ichki diametrining haqiqiy qiymatini topish uchun keltirilgan ikki raqamni 5 ga ko’paytirish kerak. O’ng tomondan uchinchi raqam podshipnikning qaysi seriyali ekanligini bildiradi. Bunda yengil seriya 2, o’rtacha seriya 3, og’ir seriya esa 4 bilan belgilanadi. Masalan, ichki diametri 50 mm bo’lgan sharikli podshipnik 210 bilan belgilangan bo’lsa, engil seriyali, 310 bilan belgilangan bo’lsa, o’rtacha seriyali, 410 bilan belgilanganda esa og’ir seriyali ekanligi tushuniladi. Shartli belgining o’ng tomondan to’rtinchi raqami podshipnikning turini, beshinchi va oltinchi raqamlari esa podshipnikning tuzilishidagi alohida xususiyatlarni ifodalaydi. Shartli belgining oldida uchrashi mumkin bo’lgan harflar aniqlik klassini ko’rsatadi. Agar belgining oldida harf bo’lmasa, aniqlik klassi normal deb tushuniladi. Dumalash podshipniklari, asosan, to’rtta detaldan: sirtqi va ichki halqalar, separator va dumalaydigan elementdan tuzilgan bo’ladi. Detallari juda mustahkam, podshipniklar uchun mo’ljallangan maxsus po’latdan yasaladi. So’nggi yillarda dumalaydigan detallarning hamda separatorning AG–4V stekloplastdan, tekstolitdan va kaprondan tayyorlanganligini uchratish mumkin bo’lib koldi. Bunday detallarga ega bo’lgan podshipiiklar shovqinsiz ishlaydi va dinamikaviy kuchlarning salbiy ta’siri deyarli sezilmaydi. 15.2-rasm. Podshipnikdagi shariklarga tushadigan yuklama. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling