15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
L – mln, aylanishlar hisobida ifodalangan xizmat muddati;
L h – soat hisobida ifodalangan xizmat muddati; R – ekvivalent dinamikaviy nagruzka N; uning qiymati quyidagicha topiladi. Sharikli radial va radial tirak podshipniklar uchun: R = (XVF r + YF a ) K b K T , (15.8) Tirak radial sharikli va rolikli podshipniklar uchun: P=(XF r + YF a )K b K T (15.9) Qisqa silindrik rolikli radial podshipniklar uchun: R = VF r K b K T ; F a = 0 (15.10) Tirak podshipniklar uchun: P = F a K b K T ; F r = Q; (15.11) Кeltirilgan tengliklarda, X – radial nagruzka koeffisienti, Y – o’q; bo’ylab yo’nalgan nagruzka koeffisienti, X va Y ning qiymatlari standart jadvallaridan olinadi: ularning ayrimlari maxsus jadvalda keltirilgan; V – halqalarning qaysi biri aylanuvchi ekanligiga bog’lik, koeffisient (ichki halqa aylanadigan bo’lsa, V = 1; sirtqi halqa aylanadigan bo’lsa, V = 1,2); F r – radial nagruzka, N; F a – o’q bo’ylab yo’nalgan nagruzka, N; К b – nagruzka xarakterini podshipnik xizmat muddatiga ta’sirini e’tiborga oluvchi xavfsizlik koeffisienti. Yuklanish ta’siri bir tekisda bo’lganda (kam quvvat reduktorlarda, lentali konveyer yuritmalarida) К b = 1...1, 2; nagruzka zarb bilan ta’sir etishi me’yorida bo’lganda (har turli reduktorlar, tezliklar qutisi va shu kabilarda) К b =1,3...1,8; nagruzka sezilarli darajada keskin zarb bilan ta’sir eguvchi konstruksiyalarda (og’ir stanoklarda, prokat stanlarida, yuqori quvvatli ventilyatorlarda) К b = 2...3. К T – temperaturaning podshipnik xizmat muddatiga ta’sirini hisobga oluvchi koeffisient; temperatura 100°C gacha bo’lganda К T =1; temperatura 150°C bo’lganda К T = 1,1; temperatura 200°C gacha bo’lganda К T = 1,25. Odatda podshipniklar tanlash uchun val sxemasi, sapfa diametri, valning aylanish chastotasi va ta’sir etuvchi kuchlar ma’lum bo’lishi kerak Berilganlarga binoan dumalash podshipniklari dinamikaviy yuk ko’taruvchanlik bo’yicha ikki xil usulda tanlanishi mumkin: 1) S h ≤ S sharti bo’yicha; 2) L' h ≥ L h sharti bo’yicha, bu yerda L' h – tanlangan podshipnikning soat bilan ifodalangan xizmat muddatining hisobiy qiymati; L h – uning jadvaldan olingan va tavsiya etilgan qiymati. Odatda ekvivalent nagruzkani topishda X va Y koeffisientlarni tanlashga hojat bo’lmagan, ya’ni F a /VF r ≤ e bo’lgan hollarda (masalan, bir qatorli sharikli radial yoki siska, silindrik rolikli radial podshipniklarni tanlashda) birinchi shartdan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday hollarda podshipnik quyidagi tartibda tanlanishi mumkin. 1. Podshipnikning turi belgilanadi. 2. Ekvivalent nagruzka R topiladi. Ma’lumki, F a /VF r ≤ e bo’lgan hollarda X = 1; Y = 0 va, shuning uchun, P=F r VK b K T bo’ladi. 3. Tegishli jadvaldan L h uchun tavsiya etilgan qiymat tanlanadi va L hamda S h topiladi. 4. Podshipniklar uchun belgilangan kataloglardan S h ≤ S sharti bo’yicha ichki diametri sapfa diametriga mos keladigan podshipnik tanlanadi. Кo’pincha, amaliy hisoblashlarda F a /VF r ≥ e bo’lgan hol uchraydi. Bunday vaqtda dumalash podshipniklarini dinamikaviy yuk ko’taruvchanlik asosida L' h ≥ L sharti bo’yicha tanlash tavsiya etiladi. Buning tartibi quyidagicha: 1. Podshipnikning turi belgilanadi. Bunda tayanchga ta’sir etayotgan kuchlarning xarakteriga ahamiyat berish kerak. Shuni nazarda tutish lozimki, agar o’q bo’ylab yo’nalgan kuch miqdori aytarli katta bo’lmay, F a /F r < 0,35 bo’lsa, bir qatorli sharikli radial podshipnik; F a /F r = 0,35...0,7 bo’lsa, kontakt burchagi α = 12° bo’lgan radial tirak sharikli podshipnik; F a /F r = 0,71... 1,0 bo’lsa, kontakt burchagi α =26° bo’lgan radial–tirak sharikli podshipnik; F a /F r > 1,5 bo’lganda esa konussimon rolikli radial–tirak podshipnikdan foydalanish tavsiya etiladi. Podshipnikning turi belgilangach jadvaldan ana shu turdagi podshipniklarning o’rta seriyasiga taalluqli bo’lganlaridan diametri sapfa diametriga mos keladigan podshipnik tanlanib, uning uchun tegishli statikaviy yuk ko’taruvchanlik koeffisienti S o va dinamikaviy yuk ko’taruvchanlik koeffisienti S hamda boshqa o’lchamlar aniqlanadi. 2. Mavjud tavsiyalarga ko’ra К b va К T koeffisientlar tanlanadi. 3. F a /C 0 nisbati aniqlanib, tegishli jadvaldan topilgan qiymatga mos e koeffisient belgilanadi. So’ngra F a /VF T nisbat topilib F a /VF T < e yoki F a /VF T > e ekanligi aniqlanadi va shunga qarab jadvaldan (yoki shunga o’xshash boshqa jadvallardan) X hamda Y koeffisientlar topiladi. 4. Topilganlardan foydalanib, (15.8) tenglamaga binoan ekvivalent nagruzka qiymati aniqlanadi. 5. Aniqlangan S, R hamda berilgan p qiymatidan foydalanib (15.7) formula asosida avval L=(C/P) p , so’ngra L' h =10 6 ∙L/60n aniqlanadi va L' h > L h shartining bajarilishi tekshiriladi. Agar bu shart bajarilmasa, tanlangan podshipnik turining og’irroq seriyasi yoki boshqa tipdagi podshipnik olinib talab qilingan shartning bajarilishiga erishiladi. Ba’zi radial podshipniklar o’q bo’ylab ta’sir etuvchi ma’lum miqdor nagruzkani ham qabul qila oladi. Bunday hollarda F a ning hisobiy qiymati valdagi o’q bo’ylab yo’nalgan kuchga teng bo’ladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling