15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rolik sirtining har bir nuqtasi rolikning o’qida bir xil masofada joylashadi.
Podshipnikning kinematikasi. Podshipnik kinematikasini tushunish uchun ichki halqasi
aylanadigan qilib o’rnatilgan podshipnik detallari uchun to’zilgan tezliklar planidan foydalanamiz (15.3-rasm). Unda: 60 1 1 n D v m/s 2 1 0 v v m/s Sharikning (yoki rolikning) o’z o’q atrofida aylanish chastotasi, sh sh sh sh d nD d v d v n 2 2 60 60 1 1 0 min -1 bo’ladi. Separatorning aylanish chastotasi sharikning val o’q atrofida aylanish chastotasiga teng bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: 1 0 1 0 60 / 2 2 c ø v D n n n D D d Demak, separator val bilan bir yo’nalishda uning aylanish chastotasidan ikki marta kichik tezlik bilan aylanadi. Shariklar halqa sirtiga aba yoy bo’yicha tegib turadi. Sharik o’qi atrofida aylanganda a va b nuqtalarning aylana tezliklari turlicha bo’ladi. Bu degan so’z, shariklar halqa sirtida sof dumalash bilan harakatlanmay, balki sirpanish hodisasi ham sodir bo’ladi, demakdir. Bu hol shariklarning yeyilishiga va qo’shimcha quvvat sarflanishiga olib keladi. Rolik sirtining har bir nuqtasi rolikning o’qida bir xil masofada joylashadi. Shuning uchun roliklar sof dumalash bilan harakatlanadi. Demak, bu podshipniklarda bekorga sarflanadigan quvvat sharikli podshipniklardagidan kam bo’ladi. Podshipniklarning yemirilishi va hisoblanishi. Dumalash podshipniklari, asosan, ulardagi detallar ish sirtlarining yemirilishi oqibatida ish qobiliyatini yo’qotadi. Ish sirtining yemirilishi deganda sharik va halqa sirtlarining yeyilishi va uzoq vaqt ishlaganda toliqish hodisasi ro’y berib, sirtlarning uvalanib ketishi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, separatorlarning sinishi, sharik va roliklarning burdalanib ketishi, halqalarning darz ketish hollari ham tez–tez uchrab turadi. Og’ir yuklamali podshipniklarda halqa sirtidagi ariqchalarning ezilishi natijasida podshipnik ishini yomonlashtiruvchi botiqliklar ham hosil bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda dumalash podshipniklarini hisoblash usuli sirtlarning uvalanishga chidamliligini hamda plastik deformasiya (ezilish) jihatidan olganda statik yuk ko’tara olish qobiliyatini aniqlashga asoslangan. Yemirilishning qolgan turlarini hisobga oluvchi usul haqida hozircha biror narsa deyish qiyin, chunki u juda ko’p tasodifiy faktorlarga bog’liq. Umuman Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling