16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
OMMAVIY MADANIYAT VA MAFKURAVIY KURASH
Namozov Xurshid
Qarshi davlat universiteti magistranti
91 468-07-10
Annotatsiya: Maqolada ommaviy madaniyat va mafkuraviy jarayonlar dialektikasi, uning 
o‘zaro ta’sir jarayoni ko‘rsatilgan. Ommaviy madaniyatdan mafkuraviy tayziq o‘tkazish vositasi 
sifatida foydalanish va unga qarshi kurash masalasi ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar: ommaviy madaniyat, virtual hayot, mafkuraviy kurash, mafkuraviy tahdid
axborot bandiligi, buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, iste’molchilik psixologiyasi, madani-
yatni siyosiylashtirish.
Mafkuraviy kurash deganda, omma ongiga g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali bo‘ladigan, ma’lum 
bir davlatlarning, yoki iqtisodiy va siyosiy guruhlarning g‘arazli manfaatlarini ko‘zlash tushuni-
ladi. Mafkuraviy kurash har qaysi tarixiy davrda turli ko‘rinish, shakl va mazunda namoyon 
bo‘lib kelgan. Shunisi aniqki, odamlar ongini boshqarishda madaniy qadriyatlardan qurol sifatida 
foydalanilgan kelingan va bu jarayon mudom davom etmoqda. Globallashuv sharoitida “om-
maviy madaniyat” ko‘rinishidagi mafkuraviy tahdidlar bir mamlakat emas, balki yer kurrasidagi 
barcha mamlakatlarnining dolzarb muammosiga aylandi. XIX-XX asrlar bo‘sag‘asida alohida 
ijtimoiy hodisa o‘laroq “ommaviy madaniyat” vujudga keldi va mafkuraviy jaryonlarga zid-
diyatli ta’sir ko‘rsata boshladi.
Yosh davlatlarda XX asr so‘nggi o‘n yilligida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, bo-
zor munosabatlari shakllanashi sharoitda jamiyat hayotining ko‘p tomonlari tijoratlashuvi, ayniq-
sa badiiy va maishiy madaniyatda tuturuqsiz, be’mani, ahloqqa zid jihatlar nihoyatda ko‘payib 
borishini rag‘batlantirdi. Ommaviy madaniyat mahsulotlari omma uchun mo‘ljallangani bois 
ularning mafkuraviy ta’sirni farqlash mushkul. “Zamonaviy ommaviy madaniyat odamlar ongi 
bilan manipulyatsiya qilish, uni boshqarishning yangi texnik imkoniyatlari va vositlari bilan 
boyimoqda. Bir tomondan, ommaviy madaniyat go‘yoki mafkuradan xoli, chunki u qaysidir ij-
timoiy guruh yoki tabaqa, sinf uchun emas, keng omma uchun mo‘ljallangan. Go‘yoki ommaviy 
madaniyat ijtimoiy tenglikni targ‘ib qiladi. Haqiqatan, ommaviy madaniyatga tashqi demokratiya 
xos. Buni inkor qilish yaramaydi. Lekin ommaviy madaniyat insonni jamiyat muammolaridan 
chalg‘itishi, ijtimoiy befarqligi, bir o‘lchovli odam-lokatorni shakllantirishi, jamoatchilik fikri 
bilan manipulyatsiya qilishni mafkuradan xolilik va haqiqiy demokratizm, deb bo‘lmaydi”[2, 
212-213]. 
Ommaviy madaniyat – ziddiyatli hodisa. Undan turli maqsadlarda, jumladan moddiy-iqti-
sodiy manfaatlarni ko‘zlab aholi ongiga iste’molchilik psixologiyasini rivojlantirishda foydalan-
ish mumkin. Iste’molchilik psixologiyasi insonda nafs va hirsni kuchaytiradi. Bu ko‘pincha in-
sonda, birinchidan, molparastlik, buyumparastlik, eng yaxshi brend mahsulotlarni sotib olishga 
intilishni kuchaytiradi. 
Ikkinchidan, maishiy huzur- halovatga, yaxshi yashashga intilishni shunday rag‘batlantiradiki, 
bunda axloq me’yorlari, odamiylik unutila boshlaydi. Insonda tuban hayvoniy instinktlar 
uyg‘onadi, u o‘z maqsadiga odob-axloqni chetga surib, hatto zarur bo‘lsa, zo‘ravonlik qilib 
erishishga moillik bildira boshlaydi. 
Uchinchidan, ma’lum davrdan keyin unda “axborot bandiligi” (kompyuter yoki gadjetlarga 
bandiligi) yuzga keladi. U real hayotdan yuz o‘girishga, tobora virtual hayotga g‘arq bo‘lishga 
moil bo‘lib qoladi.
To‘rtinchidan, OAVdan, birinchi galda internet va uyali aloqa vositalaridan turli tajovuzkor 
guruhlar foydalanmoqda. Ular o‘zlarining “vayronkor ” g‘oyalarini ko‘p hollarda “ommaviy 
madaniyat” niqobida tarqatmoqdalar. 
Boshqa tomondan esa, hozir jahonda murakkab mafkuraviy kurash borayotganiniga 
bepisand qarab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, mafkura sohasidagi kurash doim mavjud bo‘lgan. Lekin 


26

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling