16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
avvallari mafkuraviy kurash qirg‘in keltiruvchi urushlarga qo‘shimcha ravishda olib borilgan. 
Bu tarzdagi mafkura jamoatchilik fikrini hosil qilish, bir davlatning boshqa davlat hududiga 
qurolli to‘qnashuvlarni yuzaga kelishi va x.k.ning adolatliligini yoki muqarraligini kishilar ko‘z 
o‘ngida oqlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Soddaroq qilib aytganda, mafkuraviy ta’sir vositasi 
harbiy yoki iqtisodiy ta’sir vositalariga qo‘shimcha hisoblangan. Biroq bizning asrimizga kelib 
bari o‘zgardi: hozir mafkuraga harbiy qudrat va iqtisodiy tayziq potensiali bilangina qiyoslash 
mumkin bo‘lgan ta’sir salohiyatiga ega kuch sifatidagina emas, balki ta’sirchanligi bo‘yicha 
barcha ta’sir vositalaridan ancha ustun turuvchi vosita sifatida qaraladi. Bunday holat mafkurani 
jahon hamjamiyati siyosiy hayotining oldingi marrasiga olib chiqadi.
Biz yashayotgan jamiyatda ishlab chiqarishda yuksak texnologiyalar qo‘llanilishi, axborot 
texnologiyalari nafaqat ommaviy kommunikatsiya sohasiga, shuningdek jamiyat hayotining 
barcha sohalariga, hatto ishlab chiqarishga ham kirib keldi. Softver (elektron aloqa xizmatlari) 
sohasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning uzviy tarmog‘iga aylandi. Jahon tarqqiyotida 
globallashuv tendensiyasi vujudga keldi. Ommaviy madaniyat keng tarqalgan ijtimoiy hodisaga 
aylandi. Mazkur jarayonlar inson ong va tafakkuriga ziddiyatli ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada ba’zi 
mumtoz qadriyatlar deformatsiyaga uchradi, ularning o‘rniga ayrim hollarda soxta qadriyatlar 
kirib kelmoqda Bu xususda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev: “Barchangizga ayon, hozirgi kunda 
dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. 
Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy 
madaniyat” kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, 
oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat 
hayotiga jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani – ayni haqiqat va buni hech kim inkor 
etolmaydi”, - degan edi [1]. 
Ma’naviy-mafkuraviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a’zolarini milliy madaniy 
boyliklar va imkoniyatlardan begonalashtirishga urinmoqdalar. Shu maqsadda ular Internet 
tarmog‘idan, kinofilmlar va san’at turlaridan foyadalangan holda nihoyatda ohanrabo, lekin yengil-
yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi 
namunalarni jamiyatimizga ommaviy madaniyat niqobi ostida olib kirishga intimoqda. Bunday 
san’at va madaniyat namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‘oyalarining targ‘iboti yetakchilik 
qilmoqda. Mutaxssisilar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, barcha mavjud saytlarning 
taxminan 12 foizi pornografik mazmunga ega, 44 foizi zo‘arvonlik va yovuzlik, 41 foizi jangari, 
turli otishmalar va portlashlarga bag‘ishlangan. Shuningdek, bugungi kunda insoniylikka butunlay 
zid, yovuzlikka asoslangan sektalar faoliyati ham jadallashmoqda [3, 60] 
Shunday qilib, industrial revolyutsiya davrida vujudaga kelgan va XX asr boshida tugal 
shakllangan ommaviy madaniyat XX asr o‘rtalarida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning chinakam 
vositasiga aylandi. Hozirgi sharoitda esa axborot uzatishning texnik vositalari jadal rivojlanayotgani 
sababli, moslashuvchan omillar roli ortib bormoqda, xalqaro munosabatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatish 
vositalarining roli bag‘oyatda ortmoqda. Mafkuraviy kurash Yer yuzining barcha nuqtalarida olib 
borilmoqda. Demak, ommaviy madaniyatni shunchaki ko‘ngilochar madaniyat sifatida baholash 
no‘to‘gri. Serqirrirali ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga birdek 
taalluqlidir. Davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning tobora ortib borish, xalqlar o‘rtasidagi madaniy 
integratsiya jarayonlarining tezlashuvi davrida ommaviy madaniyat va mafkuraviy jarayonlarga 
xolis baho berish, uning salbiy ta’siridan xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni himoyalash muhim 
ahamiyatga ega. Mafkuraviy tahidlar mavjud ekan unga qarshi kurash ham muqarrar ravishda 
mavjud bo‘ladi. Bunda jaholatga qarshi ma’rifat asosida kurash tizimini shakllantirish lozim. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadimizga yetishda 
tayanchimiz va suyanchimizdir// ”Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil 1 iyul.
2. A. Erkayev. “Ma’naviyatshunoslik” T., “Ma’naviyat” nashriyoti., 2018 y.212-213b.
3. Abdulmalikov A. Fuqarolik jamiyatida shaxs infarmatsion madaniyatini shakllantirish: 
monografiya. – T.: Fan, 2016.-B.60.


27

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling