16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
DINIY VA DUNYOVIY MADANIYAT UYG‘UNLIGI
Ravshanov Sherzod
Qarshi davlat universiteti talabasi
(90) 341-68-45
Annotatsiya: mazkur maqola diniylik va dunyovilik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, mazkur 
jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar: din, bag‘rikenglik, konfessiya, mafkura, g‘oya, atezim, tendensiya.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan 
yutuqlar asrlarga tatigulikdir. Xususan, mamlakatimizning tinchlikni asrash, kishilarni do‘stlik 
va birodarlikda yashashga da’vat etishga qaratilgan faoliyati, shubhasiz, millati, dini va tilidan 
qat’i nazar, har bir kishida chuqur hurmat tuyg‘usini uyg‘otadi. Ayni paytda, ta’kidlash joizki, 
yurtimizda bugun hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo 
totuvlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida o‘zining qat’iy pozitsiyasini aniq belgilab 
olgan.
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jamiyatimiz hayotining barcha 
jabhalari qatorida diniy sohada ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Imom 
Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi 
barpo etilgani, hududlarda ilmiy-tadqiqot maktablar tashkil etilayotgani, shuningdek, buyuk 
allomalarimizning noyob asarlari tadqiq etilayotganini alohida e’tirof etish kerak.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash 
masalalari alohida qayd etilgani ham bejiz emas, albatta. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar 
jamiyatimizdagi hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlamoqda. 
Diniy madaniyatning umumiy ilohiy belgisiga xos jihati shundaki, u diniy g`oyalar, tasavvurlar, 
tushunchalar, afsonalarni haqiqat sifatida qabul qilish hamda ruhiy kuchning mavjudligiga 
ishonishni targ‘ib qila boradi.
Diniy madaniyat xususida so`z ketganda, o`tmishda masalaga bir tomonlama yondashilib
uning ijobiy tomonlari inkor etildi. Hozirgi paytda o`tmishda qilingan xatolarga barham 
berilmoqda. Ijtimoiy adolat tiklanmoqda. Xalqlar, millatlar madaniyati va ma‘anaviyatining 
erkin rivojlanishiga imkonlar yaratib bermoqda. 
Bugungi diniy madaniyat tinchlikni saqlash, xalqlar o`rtasida do`stlik va hamkorlik aloqalarini 
o`rnatish, insoniyatni madaniy merosi va ijobiy urf-odatlari, an’analarini avaylab-asrashga
ekologik va demografik muammolarini ijobiy hal etishga da’vat etishga yetakchilik qilmoqda. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida muhim amaliy ishlar 
qilinmoqda. O‘zligimizni angladik, tariximizga xolisona qarash, behabo ma’naviy mulkimiz 
bo‘lgan islom diniga e’tibor kuchaydi, jamiyat a’zolarining vijdon erkinligini ta’minlash, ularning 
o‘z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart sharoitlar yaratildi. 
Dinga e’tiqod qilish har kimning o‘z ixtiyoriga bog‘liq ekanligining konstitutsion asosda belgilab 
qo‘yildi. 
Din taraqqiyoti tarixan dunyoviy taraqqiyot bilan teng kechgan, unga doimo moslashib kelgan. 
Hozirgi davrda din hatto dunyoviy taraqqiyotga ta’sir etish yoki yetakchi bo‘lishga ham da’vo 
qilmoqda. 
Ikkinchi tendensiya (sekulyarizm ) da esa davlat va dinning bir-biridan ajaratilishi g‘oyasi 
yetakchilik qiladi. Mazkur tendensiya din va dunyoviylikning murosga kelishiga va ularning 
uyg‘un holda rivojlanishi imkon yaratadi. Ba’zan dunyoviylikni ateizm, ya’ni dahriylik bilan 
aralashtirib yuborish holatlari ham mavjudki bularni farqlash muhim hisoblanadi. Ateizm dinni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkor etadi. Sekulyarizm esa dinga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘ladi, fan 
va din rivojlanishi, o‘zaro hamjihatlik mavjudligining tarafdori bo‘lib chiqadi. 
O‘zbekiston tanlagan yo‘l – dunyoviy demokratik yo‘l. demokratik davlat va fuqarolik 


28

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling