16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
2
Июнь 17 Zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, ta’lim tizimini – umumta’lim maktablaridan to oliy ta’limgacha rivojlantirish ham bundan mustasno emas. Qadimgi dunyo, antik davr, o‘rta asrlar va yangi davr tarixini o‘rganayotgan o‘quvchi kompyuter ekranida mavzuga doir ma’lumotlarni, mamlakatlarni, voqealarni, odamlarni, me’moriy yodgorliklar va asoru atiqalarni, artefaktlarni ko‘rib aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Xullas, axborotlashtirish ilm- fanni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning yangi vositasiga va tendensiyasiga aylandi. Zamonaviy fan ijtimoiy hodisa sifatida nafaqat olam, voqelik haqida obyektiv, ilmiy bilimlar to‘plash va ulardan amaliyotda foydalanish vositasidir. U ayni paytda ishlab chiqaruvchi kuchga aylanmoqda. Bu yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish qatorida insonning o‘ziga, uning kasbiy bilimlari, mahorati, malakasi va mehnat ko‘nikmasiga ham taalluqli. Ishlab chiqarish konveyyeri bugun kompyuterlar yordamida boshqariladi. Xavfli va o‘ta aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarish, konveyyerlari avtomatlashtirilmoqda, ularda har xil axborotlardan foydalanilmoqda. Yana bir muammo. Tabiat resurslari cheksiz emas, qazilma boyliklar kamayib, tugab borayotir, yoki yetishmayotir. Ularning o‘rnini bosadigan sun’iy xomashyo, sun’iy tolalar, sintetik yoqilg‘i, plastmassalar, polietilenlar, sun’iy kristallar, yarimo‘tkazgichlar va h.k.larga talab kundan-kun ortib bormoqda. Bularni ishlab chiqarish korxonalariga zamonaviy ilm-fan yetkazib bermoqda. Boshqacha aytganda, zamonaviy fan ishlab chiqarqvchi kuch sifatida namoyon bo‘layotir. Bu tendensiya yidan-yil kuchayib, rang-baranglashib bormoqda. Fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi katta ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Birinchidan, bu turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, insonni og‘ir qo‘l mehnatidan, individual texnologik xavf-xatardan (masalan, charchoq bosib dastgoh ortida, shofyorning rulda bir necha soniya ko‘zi yumilib, avariyaga uchrashidan) xalos qiladi. Uchinchidan, ish kuni soatlarini qisqartirib, odamlarning bo‘sh vaqtini, dam olish va o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini ko‘paytiradi. To‘rtinchidan, inson ma’naviyatini, dunyoqarashini yangi ijobiy bilimlar bilan boyitadi, kasbiy malakasini yuksaltiradi. Beshinchidan, xalqlarni, milliy madaniyatlarni yanada yaqinlashtiradi. Globallashuv insoniyat hayotining barcha sohalarini, yo‘nalishlarini qamrab oldi. Globallashuvning o‘zi qaysidir ma’noda axborotning miqdor va sifat jihatdan tez ko‘payishi va tarqalishi oqibatida vujudga keldi. Uning davom etishi va rivojlanishi yana axborot va aloqa tizimlarining rivojlanishiga bog‘liq. Ijtimoiy hayot va faoliyatning har bir shakli, yo‘nalishi, yirik voqealari va jarayoniga oid axborotlarni tizimlashtirish va tez tarqalishini ta’minlash globallashuvni oziqlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib qolaveradi. Fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, bir tomondan ilm-fanning integratsiyasini hamda differensiyalashuvini kuchaytirib, yangi fanlar, fan tarmoqlarini shakllantirmoqda. Ikkinchi tomondan – yana to‘plangan ilmiy bilimlarni, axborotlarni tizimlashtirishga, internet tarmog‘ini yanada rivojlantirishga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Internetdagi axborotlarning geometrik progressiyada o‘sishi ularni tizimlashtirish qatorida internet tarmog‘ini buzg‘unchi g‘oyalardan, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib etuvchi axborotdan tozalashni, himoyalashni dolzarblashtirmoqda. Bu borada xalqaro huquq tizimi takomillashuvi, qonun yo‘li bilan internet tizimiga axborotlarni joylashtirish masalalari tartibga solinishi zarur. Mamlakatlar o‘rtasida ham, internetning Google, Facebook va boshqa tarmoqlari egalari va pravayderlari bilan ham axborotlarni sistemalashtirish, tarmoqni qo‘poruvchilik, ekstremistik, pornografik mazmundagi axborotdan himoyalash borasida kelishuvlarga erishish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A. Erkayev. “Ma’naviyatshunoslik”. T.,”Ma’naviyat” 2018 yil. 2. S. Otamurodov. “Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik”.T.,”O‘zbekiston”, 2013 yil. 3. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar va izohli lug‘at .-T.,G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2009 yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling