16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
2
Июнь 17 MA’NAVIY HAYOTDA AXBOROTLASHUV VA MODERNIZATSIYA JARAYONLARI Maxsudjonov Kamron Qarshi davlat universiteti talabasi (91) 961-11-00 Annotatsiya: maqolada axborotlashuv va modenizatsiya jarayonlarining ma’naviy hayot bilan bog‘liqligi va unga ta’siri bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga harkat qilingan. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, madaniyat, sivilizatsiya, globallashuv, moderniztasiya, kiberxavfsizlik, axborot, terrorizm. Insoniyat ilm-fan, adabiyot va san’at, ijodning maxsus turlari bilan aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqandan buyon maxsus shug‘ullaniladi. Bu jarayonda aniqlangan, to‘plangan yangi bilimlarni eslab qolish, saqlash, yangi avlodga o‘rgatish va meros qoldirish doimo katta muammo bo‘lib kelgan. Bu muammoni hal qilish yo‘lida odamlar tinimsiz izlangan. Yozuvni, yozish qurollari va materiallarini ixtiro qilgan. Ular uzluksiz takomillashtirilgan. Iyerogliflar, mixxatlardan asta-sekin so‘z bo‘g‘inlari va alohida tovushlarni ifodalaydigan fonetik imlolarga, yozishda foydalanilgan papirus, sopol taxtacha, pergamentlardan qog‘ozlarga o‘tilgan. Eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar, eposlar, asotirlar, g‘oyalar, tarixlar, qonunlar toshlarga, qoyalarga, ehromlarning yirik tosh ustunlariga o‘yib yozilgan. Qadimgi sivilizatsiyalardan qolgan bunday yozuvlarning ilmiy, tarixiy, umuman ma’naviy qadr-qimmati bebaho. Qog‘ozning kashf etilishi va kitobot san’atining vujudga kelishi barcha bilimlarni, jumladan ilmiy bilmlarni to‘plash va avloddan-avlodga uzatish borasida inqilob yasadi. Dastlab kitoblar qo‘lyozma shaklida edi. Kitob bosishning kashf etilishi, matbaachilikning vujudga kelishi yana bir inqilobga sabab bo‘ldi. Uch-to‘rt nusxada qo‘lda ko‘chiriladigan, zarurat tug‘ilsa, yana ko‘chiriladigan, shu bois juda cheklangan miqdorda va cheklangan darajada ma’lumu mashhur bo‘lgan ilmiy bilimlar, endi matbaachilik tufayli ulkan adadlarga chop etilish va ulardan dunyoning istagan mintaqasiga olib borib, foydalanish imkoni paydo bo‘ldi. Ilmiy bilmlarning to‘planishi, mujassamlanishi, ilm-fan o‘zlashtirilishi natijasida ilm-fanning o‘rganilishi, uning yangi tarmoqlari va yo‘nalishlarining vujudga kelishi, jamiyat rivojlanishiga ta’siri yildan-yil kuchaya boshladi. XIX asr yozuv mashikasining, XX asrda teletayp va kompyuterlarning ixtiro qilinishi, maxsus ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiy jurnallar qatorida sof ilmiy, ilmiy-referativ jurnallarning, nashrlarning paydo bo‘lishi mazkur jarayonni yanada jadallashtirdi. Ilmiy sohasida “portlash” yuz berdi. An’anaviy usullarda to‘plangan, chop etilgan kerakli mavzulardagi mavjud ilmiy informatsiyani izlab topishning, tahlil etishning o‘zi qiyin muammoga aylandi. Zarur ilmiy ma’lumotni topishdan qayta kashf etish ba’zan osonroq bo‘lib qoldi. Ilm- fanda takrorlanishlar, parallelizm, hal qilingan muammolarni, kashf qilingan ixtirolarni qayta hal etish, qayta kashf qilish xollari qo‘paydi. Ilmiy tarqoqlik, takrorlanishlar olimlarning, ilmiy markazlarning bir-birining tadqiqotlari natijalaridan yetarlicha xabardor emasligi tufayli (maxfiy, texnologiyalar va sh.k.lar bilan alohida tadqiqotlardan tashqari) yuz bermoqda. Fanni axborotlashtirish ilmiy bilimlarni axborotlashtirishga nisbatan kengroq tushuncha. U yuqorida aytilganlardan tashqari, fanning o‘zini, tadqiqot vositalarini, ilmiy qurilmalar, laborotoriyalar, markazlarni axborot texnologiyalariga asoslangan kompyuter dasturlari (umuman raqamli, dasturiy axborot) bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Axborotlashtirish hattoki yangi texnika jihozlari, asbob-uskunalari, mashinalardan tortib to maishiy ro‘zg‘or buyumlarining konstruksiyalarini yasashgacha, ularni sinovdan o‘tkazishgacha kirib keldi. Tegishli dasturlar bilan ta’minlangan 3D printerlari bunday buyumlar namunalarini yasab bermoqda. Biotexnologiyalarni, g‘arovli hujayralardan tananing kerakli organini o‘stirib, ishdan chiqqanlari yangilashni, genetik modifikatsiyalashgan oranizmlarni va sh.k. kashfiyotlarni fanning tegishli sohalarini axborotlashtirmasdan, unga axborot texnologiyalarini joriy qilmasdan, umuman rivojlantirib bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling