16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
2
Июнь 17 salishi va jamiyatning ma’naviy boyligini saqlash muhim holatlardir. Inson jamiyat oldidagi burchini tо‘laqonli ravishda ijro etib borar ekan, uning ijtimoiy meyorlarga rioya qilishi mavjud an’analarning yashovchanligini ta’minlaydi, о‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvi orqali u esa qadri- yatlarning zamon talabiga binoan yanada mukammallashishiga kо‘mak beradi. “Ma’naviy meros” taraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xususiyatiga ega bо‘lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashin- ing о‘sishi, olamni bilish vaо‘zlashtirish borasidagi say-harakatlariga kuch-quvvat beradigan, ajdodlardan avlodlarga о‘tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmuini ifodalaydigan tushunchadir. U ajdodlar tajribasi, ular qoldirgan ma’naviy boyliklarni kelgusi avlodlarning amaliy faoliyati, tafakkur tarzida qanday ahamiyat kasb etishiga kо‘ra, yakka shaxs, alohida guruh yoki muayyan millat vakillariga tegishli bо‘lishi ham mumkin. Ma’naviy meros moddiy merosdan farqli ravishda olamda va insonning ichki dunyosida rо‘y bergan, berayotgan yoki berishi mumkin bо‘lgan intellektual va psixologik holatlar, xatti-ha- rakatlar, amaliy faoliyat va uning natijalarini anglashga keng imkoniyatlar yaratishi bilan ham qadrlidir. Shu bilan birga, ma’naviy merosni moddiy merosga qarama-qarshi qо‘yib bо‘lmaydi. Chunki bizgacha yetib kelgan moddiy meros insonning ongiga ta’siri nuqtai nazaridan, ayni vaqtda, ma’naviy merosga aylanishi ham mumkin. Masalan, bizga qadar yetib kelgan uzoq о‘tmishda yaratilgan tarixiy obidalar moddiy merosga mansub bо‘lsa-da, ulardagi muhandislik, bezak ishlari, qurilish tarixi va unga oid ashyolarining tayyorlanishi va qadrli jihatlariga kо‘ra ma’naviy merosga aylanadi. Xuddi shuningdek, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish texnologi- yalari va uskunalari moddiy merosga mansub bо‘lsa-da, bu boradagi an’analarning ajdodlardan avlodlarga о‘tishi ma’naviy meros tarzida amalga oshadi. Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy, madaniy taraqqiyot natijasida shakllanadi, takomil- lashib, boyib boradi.Shu tariqa milliy madaniyat rivojlanadi. Bu jarayonda ma’naviyat ahli: allo- malar, adib va ziyolilarning milliy ong, milliy ruh, milliy о‘ziga xoslikni ta’minlash va rivojlanti- rishda tutgan о‘rni muhim ahamiyatga ega. Xalqimiz ma’naviy taraqqiyoti jarayonida shakllanib, sayqal topib kelayotgan sharm-hayo, or-nomus, andisha, vijdon, insof kabi xislatlar ma’naviy qadriyatlarning eng noyob kо‘rinishlari sirasiga kiradi.Ma’naviy qadriyatlar orasida or-nomus ham muhim о‘rin tutadi.Or-nomus bu о‘ziga nomunosib yoki ep kо‘rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg‘usidir.Oriyat bu – or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr-qimmat tuyg‘ularini ham ifodalaydi. Chunki, oriyatli odam о‘zi, oilasi, mahallasi hamda Vatanining manfaatlari va qadr-qimmatini yuksak tutadi. Nomus esa iffat, bokiralik ma’nolarini mujassam etgan holda insonning jamiyatda о‘z mavqeini saqlashi, kо‘pchilik manfaatlarini hur- mat qilish va ardoqlash, noо‘rin xatti-harakatlardan xijolat tortish tuyg‘ularini, oila, jamoa va ajdodlar sha’niga dog‘ tushirmaslik ma’nolarini ham anglatadi. Ma’naviy qadriyatlardan yana biri - vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l-atvorida mujassamlashgan oila, mahalla, jamoa, jamiyat, millat va Vatan oldida ma’naviy mas’uliyatni his etish tuyg‘usidir. Insof esa adolat va vijdon amri bilan faoliyat yuritish tuyg‘usi bо‘lib, о‘zaro munosabatlarda halollik, tо‘g‘rilik, tenglik, sofdillik va tо‘g‘risо‘zlikni ifoda etadi. Insof kat- egoriyasi Sharq falsafasida insonningjamiyatning ma’naviy-axloqiy meyorlari nuqtai nazaridan о‘z xulq-odobini nazorat qilishi va uni baholay olishi sifatida talqin qilinadi. Shu bilan birga insof vijdonli kishining yoki ma’lum jamoaning jamiyatga yoki boshqa shaxslarga nisbatan о‘z xulq-atvori uchun ma’naviy javobgarligini ham anglatadi. Ma’naviy qadriyatlar insonning shaxs sifatidagi faoliyatida ham, uning Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatini his etishida ham muhim ahamiyatga ega bо‘lib, jamiyat taraqqiyoti va qadrli me- zonlar amaliyotining о‘ziga xos omili sifatida xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir // ”Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil 1 iyul. 2. A. Erkayev. “Ma’naviyatshunoslik”. T.,”Ma’naviyat” 2018 yil. 3. S. Otamurodov. “Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik”.T.,”O‘zbekiston”, 2013 yil. 4. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar va izohli lug‘at .-T.,G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2009 yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling