2
Июнь
17
jamiyatini qurish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi ko‘p jihatdan dinga va dindorlarga
nisbatan olib borilayotgan siyosatga ham bog‘liq. Vijdon erkinligining Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilishi va kafolatlanishi, diniy va dunyoviy ta’lim olishning erkinligi kabilar mamalkatimizda
diniy va dunyoviy madaniyat uyg‘unligining ta’minlashda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Dunyoviylik – bu davlatda dunyoviy normalarga asoslangan holda siyosat olib borishni
anglatuvchi tushuncha bo‘lib, jamiyat va insonni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan sog‘lom
fikrlar majmuyidir. Bu g‘oylar mazmuni-mohiyatiga ko‘ra umuminsoniy, ilmiy, falsafiy kabi bir
nechta turlarga bo‘linadi. Dunyoviy g‘oyalar millat, davlat, xalq va jamiyat ehtiyojlari, maqsad
– muddaolari, manfaatlarining rivojlanish yo‘lini belgilab olishga doir dolzarb g‘oyalarni tashkil
etadi. Dunyoviy g‘oyalar adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik ruhini, taraqqiyot yo‘lidagi
olijanob maqsadlarni o‘zida ifoda etib, Vatan ravnaqi, yut tinchligi va xalq farovonligi uchun
xizmat qilishni nazarda tutadi.
Dunyoviylik davlat va jamiyat eng avvalo, qonun ustuvorligini taqazo etadi. O‘zbekiston
davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabatda bo‘lish,
jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu tamoyil asosida amalga
oshiriladi. Chunki, dunyoviy-ma’rifiy davlatda diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar,
siyosiy xoxishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Adolat” T.: 2018 y.
2. O.Yusupova, H.Ikromova “Diniy va dunyoviy madaniyat uyg‘unligi”. T.: “Ma’naviyat”
2015 yil.
3. “Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”- G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa
ijodiyot uyi. T.: 2016 yil.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |