17-mavzu: interaktiv va raqamli marketing reja


Download 475.67 Kb.
bet2/9
Sana27.01.2023
Hajmi475.67 Kb.
#1130371
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-mavzu

Birinchidan, marketing Internetda yuqori darajada shaxsiylashtirishga ega.
An’anaviy marketing ommaviy iste’molchiga qaratilgan bo’lsada, Internet har kimning fikrini hisobga oladi (ma’lum darajada) va hamma bilan o’zaro munosabatda bo’ladi.Boshqacha aytganda, Internetda (siljitish) reklama yagona mijozlarni jalb qilishga qaratilgan.Shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi shuningdek reklama kampaniyalarida aniq targetinga (butun auditoriyadan belgilangan mezonlarga javob beradigan qismni ajratib ko’rsatish) imkon beradi.
Ikkinchidan, Internet-marketing interfaollik bilan tavsiflanadi: mijozlar ko’plab biznes jarayonlarda faol ishtirok etadilar. Bunga so’rovlarda qatnashish, kompaniyaning obro’sini oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish va shu kabilar kiradi.Bundan tashqari, mijozlar kompaniya tomonidan yaratilgan Internet xizmati orqali buyurtmalarni joylashtirish, qo’ng’iroqlarga buyurtma berish va onlayn maslahatchilar bilan bog’lanish kabi muhim vazifalarni bajarishlari mumkin.
Internet marketing – offlaynda olib bo’lmaydigan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan farqlanadi. Misol uchun, Internetda reklama ta’sirini, mijozlar soni, u yoki bu saytga qiziqishlari, keng ko’lamli qayta aloqani, raqobatbardoshlikni oshirish kabilarni ishonchlikning yuqori darajada baholash mumkin. Xususan, marketing tadqiqotlar (misol uchun, yangi reklama kampaniyani yoki tovarlarni sinovdan o’tkazish) Internetda offlaynga qaraganda harajatlar va maglaglar, vaqtning kamroq sarflanishini talab qiladi.
Internet-marketing – marketingning asosiy elementlari hisoblanadigan narhi, mahsulot, sotuv joyi, siljitish kabilarga tegishli bo’lgan Internetda an’anaviy marketingning barcha jihatlaridan foydalanish amaliyoti.
Asosiy maqsadi – saytning potentsial auditoriyasidan eng yuqori foydani olish.
Tarmodagi marketing (Internet-marketing) tashkilotdagi marketingning ananaviy tushunchasiga mos keladi va ko’pincha elektron marketing deb ataladi.
U marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi, xususan: bozorni o’rganish, xaridorlar va atrof-muhit, mahsulotni ilgari surish, brending, vositachilar bilan ishlash, savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish.
Internet tufayli marketing tadqiqotlarni o’tkazishning yangi vositalari paydo bo’lmoqda. Shunday qilib, an’anaviy marketing usullari va eng yangi axborot texnologiyalarining birlashishi ko’zatilmoqda.
Internet marketingining konsepsiyalari va asosiy elementlari
Hozirgi vaqtda Internet - marketingda ushbu hodisaning evolyutsiyasini aks ettiradigan uchta konsepsiya shakllantirildi (17.1-jadval).

Download 475.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling