17-mavzu: interaktiv va raqamli marketing reja
Download 475.67 Kb.
|
17-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsepsiya nomi
- Internet – marketing 2.0
- Internet – marketing 3.0
17.1-jadval
Internet - marketing konsepsiyasining evolyutsiyasi
Manba: 1 Сухарев О. С. Функциональный и интернет-маркетинг / О. С. Сухарев, Н. В. Курманов,К. Р. Мельковская. М. : Курс, ИНФРА-М, 2013. С. 235 Internet marketing 1.0 konsepsiyasi Internetni rivojlantirish jarayonida ishlatilgan. Asosiy maqsad Internetda bo’lish edi, ya’ni, marketing strategiyasi web-saytni ishlab chiqish va nashr etish bilan cheklangan. Bunda asosiysi miqdoriy ko’rsatkichlarni hisoblash edi, masalan tashriflar soni, sahifalarni ko’rish soni, foydalanuvchilarning saytga sarflagan o’rtacha vaqti va boshqalar. Internet marketing 2.0 konsepsiyasi (mavjud va bo’lishi mumkin mijozlar bilan ishlashga yo’naltirilgan Internet-marketingni rivojlantirish) bugungi kunda ko’pgina tijorat tashkilotlari tomonidan qo’llaniladi. Ushbu bosqichda oddiy korporativ web-saytlar va yirik mavzuli portallar ishlab chiqilmoqda.Strategiya maqsadga erishishga yo’naltirilgan, masalan, qidiruv tizimida birinchi darajali qidiruv so’rovlari uchun birinchi o’rinni egallash, maqsadli auditoriyaning maksimal sonini jalb qilish. Samaradorlikning ta’rifi reytinglardagi o’rinlar (qidiruv tizimlari, reyting portallari va mavzuli kataloglar) va web-saytga jalb qilingan qatnashchilarning miqdoriy ko’rsatkichlar ibilan bog’liq. Internet marketing 3.0 konsepsiyasi (mijozlarni boshqarishga jalb qilingan mutaxassislarga yoki tizim ma’mur (admin) lariga emas, balkim kompaniya egalari, top menejerlar, marketologlar va topshirish qo’llariga topshirish) mijozlarga yo’naltirilgan. Asosiy maqsad - web-saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi muammosini hal qilish hisoblanib, reyting ko’rsatkichlari va o’rinlari esa ikkinchi darajali bo’lib qoladi.Bu erda erishilgan maqsadlar sonini (xaridlarni amalga oshirish, ma’lumot olish, ma’lumotni yuklab olish) kuzatib borish kerak, iqtisodiy samaradorlikni (investitsiyalarni qaytarish, bitta xaridorni jalb qilish daromadliligi yoki sotish rentabelliki) aniqlash.Interfeysning ergonomikasiga (erganomika - foydalanish qulaylik va oddiylik qobiliyati, foydalanish qulaylik darajasi) va Internet-resurs tuzilishining qulayligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Download 475.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling