1985 йилда мактаб дастурига ―Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари‖ фани киритилди


fanidan test savollarini tuzish metodikasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1637023
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
1-11-variant 111

fanidan test savollarini tuzish metodikasi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo‗yiladiladigan asosiy 
talablar. O‗qituvchilar pedagogik faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur qiyinchiliklar o‗quvchilar tomonidan 
o‗zlashtirishi lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun 
foydalaniladigan nazorat topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu 
muammoni malaka ishida yoritish lozim deb topildi. 
Testologiya – (inglizcha so‗zdan olingan bo‗lib, test - sinov), yunoncha logos - bilim) so‗zlari birikmasidan 
iborat. Testologiya fanlararo fan bo‗lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik o‗lchov metodikasi haqidagi fan 
sanaladi. 
Psixologiyada testologiyaning mazmuni asosan tabaqalashtirilgan psixometriyaning mazmuniga mos keladi. 
Testologiyaning prinsiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan chiqib, hozirgi kunda pedagogika, 
tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‗llanib kelinmoqda. 
Testologiyani qo‗llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, 
ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‗ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta‘lim 
mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o‗tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta‘lim bilimlarni 
nazorat qilish va baholash tartibi va o‗lchovi ham e‘tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani 
amaliy fan bo‗lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni 
tavsiya etmoqda. 
Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‗yiladi: 

Test topshirig‗i mazmunining to‗g‗riligi; 

Savolning mantiqiy jihatdan to‗g‗ri tanlanishi; 

Test topshirig‗i shaklining to‗g‗riligi; 

Test topshirig‗ining savol va javobning qisqaligi; 

Test topshirig‗i elementlarining to‗g‗ri joylashganligi

Test topshirig‗ining to‗g‗ri javoblari bir xil baholanishi; 

Tahsil oluvchilarga test topshirig‗ining bajarish bo‗yicha bir xil ko‗rsatma berilishi; 



Ko‗rsatmalarning test topshirig‗i va mazmuniga mosligi. 
Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi lozim. 
Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‗rinni egallaydi, shu sababli o‗quv kursi mazmunidagi bilimlarni 
aniqlash va ularga mos o‗quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish 
maqsadga muvofiq. 
Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari: 

Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‗nikma va malakalariga aniq 
baholash imkonini beradi; 

Ijtimoiy so‗rovlarda ishtirok etgan ko‗psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va 
umumlashtirish imkoniyati mavjud

Tahsil oluvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob‘ektiv amalga 
oshiriladi, baholovchi tomonidan sub‘ektivizmga yo‗l qo‗yish oldini oladi. 

Turli guruh respondentlaridan olingan ma‘lumotlarni qiyosiy statistik tahlilini o‗tkazish imkon berishi 
kabilar zamin yaratgan. 
Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar bo‗yicha tahlil qilinadi: 
1.Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni 
o‗rganilayotgan ob‘ektning xususiyatlarini o‗zida to‗liq aks ettirib, u tahsil oluvchilar tomonidan mazkur 
xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‗ra: 

Reproduktiv daraja; 

Produktiv daraja; 

Qisman-izlanishli daraja; 

Ijodiy (kreativ) darajada bo‗lishi mumkin. 
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‗nikma va 
malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. 
Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‗rganilgan ob‘ektlarni qiyoslash, 
o‗xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling