1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan har tomonlama aloqalari


Download 0.6 Mb.
bet86/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

83.76.O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan har tomonlama aloqalari.

O’zbekiston MDH mamlakatlari g`oyasini qo’llab, uning ta’sis etuvchilaridan biri bo’lib, ular bilan iqtisodiy integraSiya hamda savdo aloqalarini mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqda. O’zbekiston davlatlararo bank va boshqa haMDHstlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok qilmoqda.


O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat bermoqda.
O’zbekiston Respublikasi haMDHstlik doirasida ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo, iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, MDH ning boshqa mamlakatlari bilan shartnoma imzolab o’zaro manfaatli haMDHstlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
Rossiya FederaSiyasi Prezidenti V.V. Putinning 1999 yil dekabr va 2000 yil may oyidagi O’zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O’zbekistonning o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlashda ikki davlatning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashida alohida o’rin tutadi.
1992 yil mayda MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan kollektiv xavfsizlik to’g’risida shartnoma imzolandi.
Hamdo’stlikka a’zo bo’lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o’z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o’tkazish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish uchun imkoniyatlar yaratildi.
MDH davlatlari orasidagi munosabatlar tizimi va yo’nali-shining tubdan o’zgarishida bu davlatlarning ko’pchiligida savdo to’lov sohasida manfaatdorlikka ega. SHu bilan birga shuni alohida ta’kidlab aytish zarurki, sobiq Ittifoqni qayta qurishga urinish, ma’muriy buyruqbozlik boshqaruv tuzumiga qaytish O’zbekiston uchun umuman to’g’ri kelmaydigan harakatdir.
O’rta Osiyo Respublikalari rahbarlari A. Akaev, N. Nazarboev. I. Rahmonov 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentdagi Prezidentning Do’rmon qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda I.A. Karimovning xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini qo’llab-quvvatladilar. To’rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqidagi hujjatni imzoladilar.

Uchrashuvda Qozog’iston va O’zbekiston prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish to’g’risida, yo’lovchi va yuk tashish transportlarni kengaytirish to’g’risida kelishib olishdi.


O’zbekiston tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar-Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, qardoshlarcha do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Qardosh xalqlarning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi va boshqa ko’pgina tomonlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bugungi kunda ham bu davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari, ekologik muammolari o’zaro aloqalarni kuchaytirishni talab qiladi. SHularni hisobga olib 1994 yil 10 yanvarda O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaga Qirg’iziston, keyinchalik Tojikistonning ham kirishi O’rta Osiyo mintaqasida iqtisodiy integraSiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. Kelishuvda qatnashgan mamlakatlar vakillarining davlatlararo ijroiya qo’mitasi Almati shahrida joylashgan bo’lib, Toshkent shahrida hududiy Markaziy bank faoliyat ko’rsatmoqda.
1995 yil 15 dekabrda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalari davlatlararo Kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy integraSiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikaSiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. IntegraSiya dasturi yuzasidan 53 ta loyiha ishlab chiqildi. O’rta Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil O’rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) shaharlarida bo’lib o’tgan uchrashuvlarida Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan chora-tadbirlar ko’rildi.
2000 yilning 14-15 iyun kunlari Prezident I.A. Karimov Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatining davlatlararo kengashida (1999 yil 30 aprelda Qirg’izistonning CHo’lpon-Ota shahrida tuzilgan) qatnashish uchun Dushanbe shahrida bo’ldi.
YiQilishda so’zga chiqqan I. A. Karimov hududdagi respublikalar iqtisodiyotining sezilarli darajada o’sganini ko’rsatdi: O’zbekistonda bu o’sish 4,4 foizni, Qozog’istonda 1,7 foizni. Qirg’izistonda 3,6 foizni, Tojikistonda 3,7 foizni tashkil etadi.
O’zbekiston Prezidenti bozor iqtisodiyotini shakllantirish bo’yicha strategik markaz tashkil qilishni taklif etdi. Markaz iqtisodiy modullarni solishtirish, vujudga kelgan muammolarni hal qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish bilan


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling