4.2.37-masala. Berilgan to’rtburchakka ichki romb chizing rombning tomonlari
to’rtburchakning diagonallariga teng bo’lsin?
4.2.38-masala. Kesishgan uchta to’g’ri chiziq berilgan. Uchlari shu to’g’ri
chiziqlarda yotadigan teng tomonli uchburchak yasang?
4.2.39-masala. Ikkita to’g’ri chiziq va nuqta berilgan. Uchlari bu to’g’ri chiziqlarda
yotadigan va shu nuqtada m:n nisbatda bo’ladigan kesma yasang?
4.2.40-masala. Ikki tomoni; b,c va ular orasidagi burchagining bissektrisasi l
berilgan uchburchak yasang?
4.2.41-masala. Burchak va uning ichida A nuqta berilgan.Burchak tomonlariga
urinib, A nuqtadan o’tuvchi aylana yasang?
4.2.42-masala. Berilgan uchburchakka tomonlarining nisbati ma’lum ichki
uchburchak yasang?
Mustaqil ish uchun topshiriqlar:
1-masala. Bir tomoni unga yopishgan bir burchagi va qolgan ikki tomonining
ayirmasi bo’yicha uchburchak yasang?
2-masala. Tashqi chizilgan aylanasining radiusi,bir uchidagi burchagi va asosga
tushirilgan balandligi bo’yicha uchburchak yasang?
3-masala. Berilgan aylanaga berilgan to’g’ri chiziqqa nisbatan:
1) parallel urinma o’tkazing;
2) perpendikulyar urinma o’tkazing?
4-masala. Doiradan tashqarida shunday nuqta yasangki,undan o’tkazilgan urinma
uzinligi markaz orqali o’tadigan kesuvchining uzunligidan ikki marta qisqa bo’lsin?
5-masala. Ikki tomoni va tashqi chizilgan aylanasining radiusi bo’yicha uchburchak
yasang?
6-masala. Yuzi berilgan ikkita to’g’ri to’rtburchak yuzlarining yig’indisiga teng
kvadrat yasang?
7-masala. Ma’lim nuqtadan o’tuvchi berilgan radiusli shunday aylana yasangki,
uning markazi berilgan ikki kesishuvchi to’g’ri chiziqdan teng masofada yotsin?
Do'stlaringiz bilan baham: |