4.2.22-masala. Bir xil radiusli uchta aylana berilgan. Bu uchala aylanaga tashqi
urunuvchi aylana yasang?
4.2.23-masala. Berilgan to’g’ri chiziqda
shunday nuqta yasangki, u berilgan ikki
nuqtadan teng uzoqlikda joylashgan bo’lsin
?
4.2.24-masala. AC to’g’ri chiziq va unga tegishli bo’lmagan B nuqta berilgan. AC
to’g’ri chiziqda shunday X nuqtani yasangki, AX+XB kesma berilgan L kesmaga
teng bo’lsin?
4.2.25-masala. Berilgan uchburchakning har bir tomoni 120
garadusli burchak
ostida ko’rinadigan nuqtani yasang?
GEOMETRIK ALMASHTIRISHLAR METODI
Nuqtaga va o’qqa
nisbatan simmetriya
4.2.26-masala. Uchta a,b,c to’g’ri chiziq berilgan.a,b to’gri chiziqlarda yotuvchi
shunday ikki nuqta yasangki ular c to’g’ri chiziqqa nisbatan simmetrik bo’lsin?
4.2.27-masala. AB kesma va uni kesuvchi a to’g’ri chiziq berilgan. a to’g’ri chiziqda
shunday X nuqta topingki, a to’g’ri chiziq AXB burchakning bissektrisasi bo’lsin?
4.2.28-masala. Tomonlarining o’rtalari bo’yicha beshburchak yasang?
BURISH
4.2.29-masala. Bir uchi berilgan
M nuqtada qolgan ikki uchi n,p parallel to’g’ri
chiziqlarda yotgan teng tomonli uchburchak yasang?
4.2.30-masala. A nuqta,(O,r) aylana va d to’g’ri chiziq berilgan.Bir uchi berilgan A
nuqtada qolgan ikki uchi aylana va d to’g’ri chiziqlarda yotgan teng tomonli
uchburchak yasang?
Do'stlaringiz bilan baham: