2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok
-§. M ehnat qilish huquqi. Majburiy mehnatning ta-
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC (1)
3-§. M ehnat qilish huquqi. Majburiy mehnatning ta-
qiqlanishi M eh n at har qanday sharoitda ham daromadlar manbaidir. Aksariyat kishilar o'z turmushini mehnat orqali vujudga keladi- gan darom adlar hisobiga quradi. Shuning uchun mehnat qilishga bo'lgan huquqning Konstitutsiyada belgilanishi va boshqa qonun lar asosida u n in g ta ’minlanishi fuqarolar va jamiyat uchun muhim masaladir. 171 www.ziyouz.com kutubxonasi Har bir mehnatga layoqatli shaxsni shu huquq bilan ta minlash va ishsizlikdan himoyalash davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O ’zbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasi m ehn at huquqi va u bilan bog'lik masalalarni m u sta h k am lag an . U nga ko'ra, “H ar bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli m eh nat sharoit- larida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himo- yalanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o 'tash tartibidan yoki qonunda ko'rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”. Bu m oddaning qoidalari k ish ilarg a faqat m e h n a t qilish huquqini berib qolmay, h ar bir kish ig a o'z im koniyati, qobiliyati, biiimiga qarab kasb ta n la s h d a erkinlik beradi, adolatli qulay sharoitlarda m eh n at qilish im koniyati bo'lishligini belgilaydi va nihoyat kishilarni ishsizlikdan himoya qilishni n a z a r d a tutadi. Yuqorida ham aytib o 'tilganidek, har bir kishini, a lb atta , m e h n at qilishi shartligini belgilovchi biror bir qoida yoki k o 'r s a tm a maz- kur moddada yo'q. Qanday hollarda kishilarni majburiy m ehnat qilishga jalb etish ham aniq ko'rsatilgan. Bu - kishilarni faqat sud hukmiga ko'ra majburiy mehnat qildirish yoki qonunda belgilangan holda- gina kishini o'z ixtiyoridan tashqari m ehnatga majburiy jalb qilish mumkin, degan qoidada ko'rinadi. M ehnat qilish huquqi natijasida har bir shaxs m am lak at qo- nunlari bilan taqiqlanmagan har qanday ishni qilishi, o'ziga m a ’qul faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin. M ehnat qilish huquqining mavjudligi shunday imkoniyatni vujudga keltiradi. Mehnat qilish huquqi orqali shaxslar davlat organlari, tash- kilot, korxona, muassasalarida, jamoat birlashmalarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida, tijorat tashkilotlarida, shaxsiy xo'jaligida mehnat qilishi mumkin. Bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan biri ishsizlik- dir. Biror-bir davlat bu muammodan holi emas, ishsizlik barcha davlatlarda uchraydi. Hech qanday davlat aholining barchasini ish bilan taminlay olmaydi. Lekin ishsizlikdan himoya qilish, ish bilan ta minlash chora-tadbirlarini ko'rish davlat vazifalaridandir. 172 www.ziyouz.com kutubxonasi Mehnat qilaman deganlarni ish bilan ta ’minlash, buning uchun ish o'rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga yordam berish davlat zimmasida bo'lib qolaveradi. Erkin kasb tanlash huquqini amalga oshirish uchun ham davlat ko'plab ishlarni amalga oshiradi. 0 ‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimida kasb-hunar kolleji orqali mutaxassislar tayyorlash va har bir kollejda bir yo‘la bir necha kasbga ega bo'lish imkoniyatining mavjudligi Konstitutsiyada ko‘rsatilgan erkin kasb tanlash huqu- qidan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy o‘quv yurtlarida xalq xo‘jaligi, boshqaruv uchun yetarli kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo'yilgan. M ehnat huquqining amal qilishi natijasida ko'plab mehnat mu- nosabatlari vujudga keladi, ya’ni ishga kirish, normal sharoitlarda ishlash, mehnatni muhofaza qilish; ishdan bo'shash yoki bo'shatish va boshqalar. M ehnat qilish huquqining amalga oshishi doirasida- gi shunday m unosabatlar mehnat qonunchiligi, ya’ni O'zbekiston Respublikasining M ehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling