2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok
-§. Vakolatli organlarga murojaat etish huquqi
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC (1)
5-§. Vakolatli organlarga murojaat etish huquqi
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish shakl- laridan biri davlat organlariga, m uassasalariga, m ansabdor shaxs- larga, xalq vakillariga murojaat etish huquqidir. M urojaat orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida bevosita ishtirok etadi. Vakolatli davlat organlariga fuqarolarning murojaat etish huquqi O'zbekiston mustaqilligi natijasida Konstitutsiyaviy huquq maqomida mustahkamlandi. Sovet Ittifoqi davridagi konstitutsi yalarda bunday huquq ko'zda tutilm agan edi. Hatto bu masala qonunlar asosida hal qilinmay, farmonlar bilan hal qilingan edi. Fuqarolar murojaati orqali davlat va jamiyat hayotiga ta ’sir etishining muhimligi hisobga olinib, shu huquq konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. • Konstitutsiyaning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, m uas sasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi s h a r t” — deb belgilangan. 166 www.ziyouz.com kutubxonasi Bularni kengroq yoritadigan bo'lsak, fuqarolar yakka tartibda yoki boshqa fuqarolar bilan birgalikda vakolatli organlarga, muas- sasalarga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqiga ega. M urojaatlar turlicha bo'lib (murojaat turlari), ular ariza, taklif yoki shikoyat ko'rinishida bo'lishi mumkin. Arizalar orqali fuqarolar o'zlarining turli huquqlarini ro'yobga chiqarishni so'raydi. M asalan: ishga kirish, ishdan bo'shash, o'qishga kirish, ta ’til olish, ta ’minot olish va hokazolar. Takliflar orqali fuqarolar ko'proq ijtimoiy muammolarni hal qilish yo'llari, ishlab chiqarishni takomillashtirish, o'quv jarayonini takomil- lashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, qoidalarni takomil lashtirish, atrof-muhitni sog'lomlashtirish, moddiy va tabiiy resurs- lardan oqilona foydalanish bo'yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi. Shikoyatlar orqali buzilgan huquqlarini tiklash, aybdorlarga chora ko'rish, zararni qoplash talab etiladi. Arizaning asosini ilti- mos tashkil etsa, shikoyatning asosini talab tashkil etadi. Shiko yatlar orqali sodir etilgan yoki sodir etilayotgan, etilishi mumkin bo'lgan qonunsiz h arakatlar to'g'risida xabarlar berilishi mumkin. Fuqarolarning murojaatlari yozma yoki og'zaki bo'lishi, ular aloqa vositalari orqali, ommaviy axborot vositalari orqali taqdim qilinishi yoki s h ax san topshirilishi mumkin. Konstitutsiyada murojaatlarni ko'rish tartibi va muddati qo nun asosida hal qilinishi belgilangan. 0 ‘zbekistonda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish tartibi va muddati, bu boradagi vakolatli organlar, mansabdor shaxslarning huquq-burchlari “Fuqarolarning murojaatlari to ‘g ‘risida”gi 2002-yiI 13-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan qonunda belgilab qo'yilgan. Fuqarolarning murojaat qilish huquqi amalga oshishida eng muhim masala — murojaat qanday hal qilinishidan qat i nazar, vaq- tida asosli, ishonchli javob olish hisoblanadi. Vaqtida va ishonchli javob olinmasa takror murojaatlar, yuqori organlarga murojaatlar soni ortib boradi. Fuqarolarning murojaatlarini ko'rish tartibi sud organlarida о ziga xos jihatlarga ega bo'lib, bu masala O'zbekiston Respub- likasining “Sudlar to'g‘risida”gi Qonuni va Fuqarolik protsessual kodeksi asosida tartibga solinadi. 167 www.ziyouz.com kutubxonasi Fuqarolar murojaat qilish huquqidan boshqalarga tu h m a t qi lish, boshqaruv tartiblarini izdan chiqarishda foydalanmasligi, g'arazli niyatlarni amalga oshirishga urinm asligi kerak. Shunday hollar bo'ladigan bo'lsa, aybdor shaxslar jazolanadi. Fuqarolarning murojaat qilish huquqi Konstitutsiyaning “Siyosiy huquqlar” bobida shu turdagi huquqlar tizimida berilgan. Umumiy qoidalarga asosan siyosiy huquqlardan faqat fuqarolar foydalanishi kerak. Lekin bu yerda shu qoida istisno tariqasida amal qilmaydi. Sababi, murojaat qilish huquqi davlat ishida ishtirokni ta’minlashdan ancha kengroq vazifalarni, ya’ni iqtisodiy turm ush, o'zining qadr-qimmati, sha’nini himoya qilishni ham ko'zlaydi. Avvalgi boblarda O'zbekiston Respublikasining “Oliy Majlis- ning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida”gi Qo- nunida O m budsm an chet el fuqarolari ham da fuqaroligi bo'lm agan shaxslarning murojaatlarini ko'rishi mum kinligi belgilanganligini ko'rdik. Chet el fuqarolari faqat ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin. Taklif bilan murojaat qila olmaydi. Taklif davlat hayotiga tegishli masalalar bo'yicha beriladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling