2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok
-§. Mulkdor bo'lish huquqi
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC (1)
2-§. Mulkdor bo'lish huquqi
Mulkdor bo'lish huquqiga O'zbekiston fuqarolari va m am laka timizda yashovchi boshqa shaxslar mustaqillik natijasida erishdi, deb aytilsa xato bo'lmaydi. Chunki, sobiq tu z u m davrida qabul qilingan birorta Konstitutsiyada bunday huquq yo'q edi. Sotsia- listik tuzum u m um an xususiy mulkni inkor etar edi. M ulk esa, xususiylik bilan bevosita bog' liq. Sobiq tuzumda jamiyatdagi notenglikni xususiy mulkka ega bo'lish keltirib chiqaradi, mulk kishini kishi tom onidan ekspluatat- siya qilish, ezish sababi deb ko'rsatilar edi. Aslida esa, mulkka ega bo'lish, mulkdor bo'lish insonlarning erkinligi, har narsad a o'z fikri bo'lishini ta ’minlovchi vositadir. Shuning uchun ham O'zbekiston mulk masalasiga, unga ega- lik qilish masalasiga boshqacha, aniqrog'i, to'g'ri yondashdi. Mam- lakatda olib borilayotgan mulkdorlar sinfini shakllantirish siyosati ham, har bir kishini boyitish va u orqali m a m la k a tn in g iqtisodiy qudratini oshirishni ko'zlaydi. Konstitutsiyaning 36-moddasida “H ar bir sh ax s mulkdor bo‘- lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qo nun bilan kafolatlanadi”, - deb belgilangan. Bu moddadagi qoidalar birdaniga bir necha masalani hal qilgan. Birinchi, har bir kishining mulkdor bo'lishi, ya’ni mulkka ega bo lishini, ikkinchi, mulkning ajralmas qismi bo'lgan bank ka qoyilgan omonatlarning sir saqlanishini, uchinchi, mulk bilan bog liq masala — meros huquqining qonun bilan kafolatlanishini. Mulkka ega bo lish har bir insonning faqat farovon hayot ke- chirishni emas, erkinligini, kelajakka ishonch bilan qarashini, avlodlar oldida obro'sini ta ’minlovchi shartlardan hisoblanadi. Respublikamizda mulkdor bo'lish huquqi Konstitutsiyadagina bel- 170 www.ziyouz.com kutubxonasi gilanib qolinm asdan, shu huquqni ro'yobga chiqaruvchi, aniqrog'i, kishilar mulkdor bo'lishini ta ’minlovchi ko'plab huquqiy hujjatlar qabul qilindi va tadbirlar o'tkazildi. Iqtisodiy islohotlarning turli bosqichlarida am alga oshirilgan turli mulklarni davlat tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish, tad- birkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va yaratilgan boshqa sha- roitlar natijasida aholining ko'plab qismi mulkka ega tfo'ldi va jamiyatda barqarorlik shartlaridan biri bo'lgan, mulkdorlar tabaqa- si shakllandi va rivojlanmoqda. M ulkiy m asalalarni tartibga soluvchi O'zbekiston Respub likasining “Fuqarolik kodeksi” normalari mulk masalalarini belgi- lashga, bozor sharoitidan kelib chiqib yondashdi va mulkdor bo'lish huquqining kafolatlarini kuchaytirdi. Endi mulk faqat mehnat qi lish evaziga orttirilgan daromadlar bilan cheklanmay (sobiq tuzum davridagi kabi), boshqa turli qonuniy faoliyat turlari orqali ham mulkka ega bo'lish mumkinligi qonunda mustahkamlandi. Konstitutsiyaga asoslanib qabul qilingan O'zbekiston Respub likasining “B anklar va bank faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonuniga ko'ra, banklar mijozlarning bankdagi omonatlari miqdorinigina emas, amalga oshirgan har qanday bank operatsiyalari hisob raqamlarini sir saqlash majburiyatini oladi. Xuddi shuningdek, “M eros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, degan konstitutsiyaviy qoidani amalga tatbiq etish uchun qonun- chiligimizda aniq va keng normalar mavjud. M ulkdorning mulki vasiyat bo'yicha yoki qonunda belgilangan tartibda merosxo'rga qoldirilishi meros huquqining kafolatidir. M ulkdor qonunsiz mulkidan m ahrum qilinishi mumkin emas. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling