2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok
~§- Ijtimoiy ta’minot olish huquqi
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC (1)
5~§- Ijtimoiy ta’minot olish huquqi
Fuqarolarning mehnat qilish qobiliyati yo'qolganda yoki pasay- ganda davlat ularni qo'llab-quvvatlashi, xalqaro hujjatlar talabidan, davlatning insoniylik g'oyasiga sodiqlik prinsipidan kelib chiqadi. Kishi o'zining kuch-quvvatini, aqlini, qolaversa, uiarning ma’ lum qismini davlat idora, korxona, muassasalarida mehnat qilishga sarflash bilan nafaqat o'zining moddiy ehtiyojini qondiradi, shu 174 www.ziyouz.com kutubxonasi bilan birga, davlatga uning korxona, tashkilot, m u assasalarin in g rivojlanishiga, moddiy jihatdan m ustah k am lan ish ig a ham hissa qo'shadi. S h u n in g uchun kishilar qariganda yoki boshqa sabab- lar bilan vaqtincha yoki butunlay mehnat qobiliyatini yo'qotganda, davlat tomonidan qo'Ilab-quvvatlanadi. Konstitutsiyada fuqarolar ning ijtimoiy taVninot olish huquqi belgilanishi fuqarolarni ijtimoiy tomondan qo'llab-quvvatlashning huquqiy asosi hisoblanadi. Kons titutsiyaning 39-moddasida bu quyidagicha belgilangan: “H ar kim qariganda, m ehn at layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquv- chisidan rnahrum bo'lganda va qonunda nazar-da tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy t a ’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining miqdori ras- man belgilab qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi m u m k in e m a s ”. Bu konstitutsiyaviy normaga asosan ijtimoiy ta ’minot olish huquqiga qariganda, ya’ni m a’lum yoshga yetganda; mehnat layo qatini yo'qotganda; boquvchisidan m ahrum bo‘lganda hamda qo nunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ega bo'linadi. Bu masala- lar huquqiy jihatdan M ehn at kodeksi, “Fuqarolarning davlat pensi- ya ta ’minoti to'g'risida”gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Fuqarolar qariganda qarilik pensiyasini olish huquqiga ega, qarilik pensiyasini olish huquqi erkaklar uchun 60 yosh, ayol- lar uchun 55 yosh qilib belgilangan hamda qonunlar ayrim toifa xodimlariga bundan-da qisqartirilgan yoshlarda qarilik pensiyasini olish huquqiga ega bo'lishni belgilaydi. M asalan, 5 va undan ko‘p bola parvarishlagan ayollar 50 yoshdan, ayrim faoliyat turlarida mehnat qiluvchi erkaklar 55 yoshdan, ayollar 50 yoshdan shunday huquqqa ega bo'ladi. Fuqarolar m ehnat layoqatini yo'qotganda ta ’minot olish huqu qiga ham turli sharoitlarda ega bo'ladi. Bunday ta’minot turlari vaqtinchalik m ehnat qobiliyatini yo'qotganda yoki butunlay mehnat qobiliyatini yo'qotganda vujudga keladi. Konstitutsiya yosh bolalarning to'la-to'kis voyaga yetishini na zarda tutgan holda boquvchisini yo'qotish hollarida tegishli shaxs- larning ijtimoiy ta ’minot bilan qo'llab-quvvatlanishini nazarda tutadi. 175 www.ziyouz.com kutubxonasi Shuningdek, Konstitutsiyada, qonunda ko'zda tu tilg a n boshqa hollarda ham fuqarolar ijtimoiy ta ’minot olish huquqiga egaligi belgilangan. Bu farzand t u g ‘ish va uni m a ’lum y osh ig ach a par- varish qilish muddatidagi nafaqa; tabiiy ofat yoki boshqa falokat- lar tufayli jiddiy iqtisodiy va boshqa zarar k o 'rg an la rg a beriladi- gan nafaqalar; kam ta ’m inlanganlarga beriladigan nafaqalar va hokazolardir. Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining ortib borishi, fuqarolar ning ij'timoiy ta ’minot huquqi kengayib borishiga, ijtimoiy ta ’min- lash imkoniyati kuchayib borishiga o‘z ta ’sirini ko'rsatadi. Buni pensiya va boshqa ta ’minot miqdorlarining bosqichma-bosqich oshib borayotganligidan ko'rish mumkin. Bundan tashqari pensiya ta ’minotini yanada takomillashtirish uchun qo'shimcha choralar ko'rilmoqda. Pensiya ja m g ‘armalari tuzilgan. Umuman, ijtimoiy ta ’minot, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning bir turi bo‘lib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash esa, Prezident ilgari surgan mamlakat rivojlanishini ta ’minlovchi besh prinsipidan bittasidir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling