2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisobga olish 1§. Davlat byudjetini kassaviy ijro etishning mazmuni
Tayanch iboralar 1. Yagona vakillik hisobvarag’i 2. Yagona balans 3. Bank likvidligi 4. Banklararo to’lovlar 5. Filiallararo to’lovlar 6. Overdraft 7. Kontokorrent 8. To’lovlar markazi Nazorat savollari 1. Yagona vakillik hisobvarag’ining mazmuni nimadan iborat? 2. Yagona vakillik hisobvarag’i orqali boshqarishnining mohiyati nimadan iborat? 3. Yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha tizimning afzalliklarini sanab o’ting? 4. Oddiy vakillik hisobvarag’idan yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha tizimga o’tish qanday tartibda amalga oshirilgan? 5. Ba’zi tijorat banklarining yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarini o’tkazish tajribasi qanday? 6. To’lov markazining vazifalari nimalardan iborat? 93 5 Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisobga olish 1§. Davlat byudjetini kassaviy ijro etishning mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaz.iy banki Davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etadi. Davlat byudjeti - bu moliyaviy reja bo’lib ikki qismdan: daromadlar va xarajatlar qismidan iborat. Mulkchilik shaklidan qatiy nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Davlat byudjetiga turli xil soliq va to’lovlar o’tkaziladi. Bundan tashqari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar va boshqa xujalik yurituvchi subektlar tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan ish xaqi, rag’batlantirish hamda mukofot summalaridan va mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan boshqa daromadlar hisobidan daromad solig’i va badal summalarini ushlab qoladilar . Bular bilan birgalikda bojxona to’lovlari ham joriy qilingan. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha daromad va tushumlar davlat byudjetining daromadlar qismini tashkil etadi. Davlat byudjetining ikkinchi qismi bu - xarajatlar qismidir. Davlat byudjetining xarajatlari o’z ichiga mudofaa xarajatlarini, maorif, fan, texnika, sog’liqni saqlash, madaniy muassasalari va madaniy tadbirlar xarajatlarini oladi. Shu bilan birga davlat byudjeti xarajatlariga davlat apparatini ushlab turish xarajatlari kiradi. Demak, davlat byudjeti moliyaviy reja bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat byudjeti bir yilga tuziladi va muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Oliy Majlis sessiyasiga taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyat, shahar, tumanlar byudjetlarini birlashtiradi Umumlashgan davlat byudjetini Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fond mablag’lari" tashkil etadi. O’zbekistonRespublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat byudjetining kassa ijrosini taminlashdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan «O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, kassa ijrosi to’g’risida» 1009-sonli yo’riqnoma ishlab chiqilgan. Bu yo’riqnoma Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 2001 yil 12 yanvarda tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi yo’riqnoma «O’zbekiston .Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning 3- moddasiga, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 27-moddasiga asosan Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini yuritish qonun-qoidalarni belgilaydi. Davlat byudjetini kassaviy ijro etish operatsiyalari deb barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika va maxalliy byudjet foydasiga o’tkaziladigan soliqlarni, tushumlarni, byudjetdan tashqari fondlarga 94 to’lanadigan to’lovlarni qabul qilish, kelib tushgan respublika byudjeti mablag’laridan mahalliy byudjetga ajratma qilish, byudjet kreditlarini ochish, ularni bankka o’tkazish, byudjet xarajatlarini amalga oshirish, yuqorida sanab o’tilgan operatsiyalarning barchasi bo’yicha hisobini yuritish kabilar tushuniladi. Lekin Markaziy bank davlat byudjetining kassa ijro qilish operatsiyalarini o’zi bevosita bajara olmaydi. Bu operatsiyalar tijorat banklariga yuklatilgan, chunki xalq xo’jaligining turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z hisobvarag’larini Markaziy bankda emas, balki tijorat banklarida ochganlar. Shu sababli Markaziy bank o’zining davlat byudjetining kassaviy ijrosi bo’yicha operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi banklarida Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarning hisobi quyidagi balans hisobvaraqlarida yuritiladi: Markaziy bankning Hisob-kitob markazlarida: 21502 «Xukumat boshqaruv organlarining talab qilib olinguncha depozitlari» 21506 «Boshqa vazirliklar va muassasalarninng talab qilib olinguncha depozitlari» 21508 «Byudjetdan tashqari tashkilotlarning talab qilib olinguncha depozitlari» Tijorat banklarida: 20202 «Hukumatning byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari» ■ 20203 «Respublika qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari» 20204 «Mahalliy byudjet qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari» Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling