2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar
Download 0.68 Mb.
|
лек-5
Ko’p zonali syomkada o’rganilayotgan hudud bir vaqtning o’zida bir necha obektivlardan foydalanib oldindan tanlangan spektr nurlari qisqa to’lqinlar yordamida suratga olinadi yoki spektr qilinadi. Ko’p zonali syomkalar uchun ko’rish spektrning har xil zonalarda ishlovchi ko’p zonali kosmik fotokameralaridan foydalaniladi. Masalan, KZKF-6 (ko’p zonali kosmik fotoapparat KZKF- 6). Bu fotokamera oltita obektivdan tashkil topgan bo’lib, u har xil (olti xil) rangdagi rang filtrlari bilan ta’minlanadi. Bu olti xil nisbatan qisqa to’lqinli zonalarda suratga olishga imkon beradi. Hozirgi kunda yer sharining istalgan hududini ko’p zonali fotografik suratga olish ishlari rivojlangan.
Hozirgi zamon kosmik apparatlarining fotografik tasvirlarni qayd qilish tizimlar takomillashgan bo’lib, ular oq va qora rangdagi 256 tuslanishni bir-biridan farqlay oladi. Ular 256 turdagi to’lqin tebranishlarni qayd qiladi va ularni raqamli shaklda kodlashtirib qurilma xotirasida saqlaydi. Rangli kosmik suratlarning paydo bo’lishi, kosmik suratlarni ishlatish diapozonni yanada kengaytiradi. U yana bir kosmik fotosuratlarni o’qish (deshifrovka qilish) belgisini, ya’ni narsa va tafsilotlarning «rangini» beradi. Rang hamma vaqt ham qo’jılgan muammolar yechimini bermaydi. Masalan, yosh va ekilgan bog’, kasallangan va kasallanmagan bog’, o’rmon, qishloq xo’jaligi ekinlarining holati ko’k, yashil va qizil spektr zonalarida olingan rangli suratlarda bir xil ranglarda ifodalanadi. Biroq, ular boshqa spektr zonalarida suratga olinsa, bir-biridan farqlanishi mumkin. Shuning uchun faqat spektrning qisqa zonasida uch xil ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan zonalardagina emas, balki ultrabinafsha, infraqizil va radioto’lqinlardan ham syomka ishlarni bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Rangli fotografik suratlarni faqat ko’p qatlami rangli fototasmalardagina emas, balki laboratoriya holatida oq-qora zonal suratlarni sintez qilish yo’li bilan olinadi. Bunday sintezlashtirilgan fotosuratlar oddiy rangli fotosuratlardan (tabiiy rangdagi qir — oq, tog’lar — pushti va hakazo) tafsilotlar ranglarini suniy holatda istalgan ranglarda bo’yalganliklari bilan farq qiladi. Sintezlashtirilgan rangli fotosuratlarni olish uchun birlamchi olingan oq-qora zonal suratlarga rang filtrlari yordamida har xil ranglar beriladi. Masalan, birinchi zonada olingan suratga qizil rang, ikkinchi zonada olingan surat uchun ko’k rang, uchinchi zonada olingan surat uchun yashil rang tanlanadi. Bu uch xil ranglarga bo’yalgan tasvirlarni bir vaqtning o’zida sintezlashtiruvchi proektor orqali bir ekranga tushiriladi va natijada suniy ravishda sintezlashtirilgan rangli fotosurat olinadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling