2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar
Download 0.68 Mb.
|
лек-5
Televizion syomka suratlarni Yerga uzatuvchi televizion kameralarining (vidiokamera) yorug’likni sezuvchi ekranlarida obekt va tafsilotlarni qayd qilish yo’li bilan olinadi. Televizion kameralar kosmosdan olingan tasvirlarni Yerda tezkorlik bilan suratlarga aylantirishni ta’minlaydi. Kosmik kema yoki samolyot bortidan turib o’tkazilgan syomka natijasida olingan suratlar Yerdagi ancha katta hududlarni o’z ichiga oladi. Uchish balandligi va syomka qilishuskunalarining texnik holatiga qarab, 1 kv.km dan 2 ming kv.km. gacha bo’lgan joylarni qamrab oladi.
Baland orbitali Yer yo’ldoshlari butun Yer sayyorasini suratga olishga va uni Yerda joylashgan masofadan turib o’lchash ishlari ma’lumotlarini qabul qilish shaxobchalariga uzatishga imkon beradi. Shuning uchun tezkor (operativ) kartografik va boshqa ishlarni bajarishda hamda Yerdagi tafsilotlar, kechayotgan voqea va jarayonlarni kuzatish (monitoring) va o’rganish uchun televizion syomkalar juda qulay hisoblanadi. Biroq televizion syomka yo’li bilan olingan tasvirlarning (ma’lumotlar) o’qilishi (televizion suratlarda narsalarning ko’rinish kattaligi) va geometrik xatoliklari, fotografik suratlarga qaraganda ko’p hisoblanadi. Televizion suratlar qisqa va yirik polosali bo’lib, ular spektrning har xil zonalarini egallashlari hamda har xil o’lchamlarda bo’lishini ta’minlaydi. Fototelevizion suratlar maxsus suratlar bo’lib, ularda narsa va tafsilotlarning mukammal tasvirlari televizion kanallar orqali tezkor (operativ) holatda Yerga yetkaziladi. Kosmik televizion syomkalar natijasida Oyning har xil hududlari 1:1 000 masshtabdan 1:1 000 000 masshtablardagi topografik plan va kartalari tuzilgan. Bundan tashqari Oyning 1:10 000 000 masshtabda globusi va 1:5 000 000 masshtabda “Oyning to’liq kartasi” tuzilgan. Oyni ustki tuzilishini yaxshi o’rganish maqsadida “Lunoxod-1” kosmik laboratoriyasiga birinchi marta to’rtta televizion kamera o’rnatilgan. Oy, Mars, Venera va boshqa sayyoralarni geodezik va boshqa maqsadlarda o’rganish va kartaga olish ishlarida fototelevizion kosmik syomka usulidan keng foydalanilgan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling