2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar
Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi
Download 0.68 Mb.
|
лек-5
3. Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi
Kosmosdan olingan suratlar foydalanishdan oldin bir xil masshtabga keltiriladi va yerning sharsimonligi hisobga olinadi. Bir xil masshtabga keltirilgan fotosuratlarni bir-biriga jipslashtirib birorta proeksiyaga tushiriladi va o’sha joyning fotokartasi hosil bo’ladi. Kosmik apparatlardan olinayotgan ma’lumotlar faqat suratlar holatida olinmasdan raqamlar, shifrlar va kodlar yordamida ham olininadi. Ular yerda qabul qilib olingandan so’ng maxsus apparatlar yordamida o’qilib, ba’zilari kartalar shakliga ham keltiriladi. Kosmik suratlarni o’qishda, undagi tasvirning katta kichikligidan, shakli, rangi, tarkibi, xira va tiniqligidan va obektlarning soyasidan ham foydalaniladi. Deshirofka qilish texnologiyasida uchta asosiy bosqichni: obektni topish, tanish va unga mazmun berishdan boshlash kerak. Suratlarni o’qishda faqat suratning o’zi bilan chegaralanib qolmasdan qo’shimcha manbalardan o’sha joyning kartalari va geografik adabiyotlardan foydalaniladi. Kosmik suratlardan foydalanishda geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun va geografik tadqiqotlarda foydalanishda katta ahamiyatga ega. Geografik komponentlardan eng murakkabi relef bo’lib uning inson hayotidagi roli katta hisoblanadi. Kosmik suratlardan yirik tog’ tizmalarining yo’nalishlari, balandliklari, qiyaligi, ular orasidagi chuqur vodiylar va boshqalar aniqlanadi2. Daryolarning suv yig’ilishi havzasi, qor qoplamining kosmik suratlarini deshirofka qilish yo’li bilan ularning suv miqdorini oldindan aytib berish mumkin. Ayniqsa, daryolarda bo’ladigan suv toshqinlarini, sel ketishlarini kosmik suratlardan foydalangan holda ularning vaqtini va maydonlarini oldindan aytish imkoniyati mavjud. Kosmik apparatlardan olingan suratlar bilan ishlash natijasida, umumgeografik va mavzuli kartalar tuzish ishlari amalga oshiriladi. Kosmik suratlardan hozirda inson xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilash, atmosfera, Yer yuzasi va Dunyo okeanini nazorat qilishda hamda geologik qidiruv ishlarida, baliq ovlashda, o’rmonlarni o’rganishda, suvlarning rejimini aniqlashda, yaylovlar va ularning hosildorligi aniqlashda foydalanilmoqda. Bunday suratlar asosida 1965 jılda janubiy va shimoliy yarim sharlar uchun 1:30 000 000 masshtabdagi meteorologik kartalar tuzildi va ulardan hozirda ob-havoni o’rganishda keng foydalanilmoqda. Kosmonavtika va masofadan turib, Yer va boshqa sayyoralarni o’rganish kartografiya fani uchun katta o’zgarishlarni shakllantirdi. Masofadan turib kosmik syomka qilishning asosiy mahsuloti bo’lib kosmik suratlar olinadi. Kosmik surat — bu Yerdagi yoki boshqa sayyoralardagi obektlarning Quyosh nurini, su’niy nurlarni yoki o’zi tarqatayotgan nurini tarqatish hisobiga uzoq masofadan turib olingan tasviridir. Bunday tasvirlar suratga olish jarayonida bizga ko’rinib turgan butun borliqning obektiv holatini o’zida ifodalaydi. Uzoq masofadan turib olingan kosmik suratlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: suratga olingan joydagi obektlar birday yaxshi ko’rinish imkoniyatini berishi; bir xil tabiiy sharoitda va bir vaqtda suratga olishi; juda katta hududlarni o’z ichiga olishi; borishi qiyin bo’lgan va borib bo’lmaydigan joylarni o’zida ifodalashi; suratlarni qayta (takroriy) olish imkoniyati; suratga olingan barcha elementlar generalizatsiya qilinishi; narsalarning (obektlarni) o’zaro aloqalarini va tuzilishini (strukturasi) ko’rsatishi; optik generalizatsiya va boshqa xususiyatlari mavjud. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling