Radiolakatsion s’yomka. Radiolakatsion tasvirlarni kosmik yoki samolyotlar bortlarida joylashgan radiolakatorlar yordamida olinsa radiolakatsion suratlar, suv osti kameralarida dengiz va okeanlar osti relefi syomka qilinsa gidrolakatsion suratlar olinadi. Yon tomonni ko’rish radiolakatorlari yordamida uchuvchi, radiolakatorlarni tashuvchi apparatning ikki yonidan (chap va o’ng) uchish yo’liga perpendikulyar holatda o’rganilayotgan joyning surati radiodiapozon to’lqinlarida olinadi. Radiolakatsiya suratlar radioto’lqinlarning 1 mm dan 1m gacha bo’lgan uzunlikdagi oraliqlarida olingan tasvirlar hisoblanadi. Yon tomondan ko’rish radiolakatorlari yordamida syomka qilish quyidagi yo’l bilan bajariladi. Lokatordan tarqatilgan radioto’lqinlar Yerdagi narsa va tafsilotlarga tegib, ularni past yoki baland joylashganliklariga qarab har xil tezliklarda qaytadi. Lokatorlarni tashuvchi apparat (samolyot, kosmik kema va boshqalar) yo’nalishiga perpendikulyar holatda qaytgan radioto’lqinlar antennalar yordamida qabul qilinib, qayd qilinadi va uchish yo’nalishining radiolakatsion suratlari olinadi. Radiolakatsion signallar (impulslar) generator yordamida ishlab chiqiladi vabu signallar lokator uskunasida joylashgan elektron nurli trubkada joydagi narsa va tafsilotlarning chiziqli tasviriga aylanadi, ya’ni joyning radiolakatsion surati paydo bo’ladi. Radiolakatsion suratlarni sutkaning xohlagan vaqtidaob-havoning turli sharoitlariga qaramasdan olish mumkin. Bulutli havo radiolakatsion suratni olishga to’sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |