2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar


Download 0.68 Mb.
bet5/9
Sana17.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1026164
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
лек-5

Fotografik suratlar - bu Yerdagi obektlarning Quyosh nuri yoki o’zi tarqatayotgan nurning qaytarilishi hisobiga yorug’likni sezuvchi fotomoslamalarda kadrli qayd qilinishi natijasidir. Kadrli kosmik suratlar fotografik va televizion kameralar yordamida olinadi. Syomka vaqtida har xil oq-qora, rangli va spektrozonal fototasvirlardan (fototasma) foydalaniladi. Fototasmalardagi yorug’likni sezuvchi qatlam o’zining tarkibiga qarab har xil diapozon uzunligidagi o’ziga mos holda sezuvchanlik xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, rangli fotosuratlarni olish uchun ikki yoki uch qatlamli fototasmalar ishlatiladi.
Atmosferaning, qisqa to’lqinlarda tarqaluvchi nurlar ta’siri va boshqa ta’sirlardan qutulish hamda tabiatdagi narsalarni (obektlarni) va tafsilotlarning olingan fotosuratlarda bir-biridan farqini yaqqol ko’rsatish uchun, ularni yaqin infraqizil nurlarni qaytarish ravshanligidan foydalaniladi, so’ngra ikki va uch qatlamli fototasmalar tayyorlanadi. Bu tayyorlangan fototasmalarda infraqizil nurlarni sezuvchi qatlamlar bo’ladi, ularda ko’k ranglarni sezuvchi qatlamlar bo’lmaydi. Yuqoridagi yo’llar bilan tayyorlangan fototasmalar tabiiy ranglarni buzib ko’rsatadi, ular narsa va tafsilotlarni oldindan tayyorlangan suniy ranglarda ifodalashga mo’ljallangan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling