2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar


Download 0.68 Mb.
bet4/9
Sana17.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1026164
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
лек-5

2. Kosmik apparatlarning orbitalari
Kosmik apparatlarning orbitalari ularning oldiga qo’ygan vazifasiga bog’liq bo’lib, oldindan belgilanadi. Yer yuzasidagi tabiiy resurslarni o’rganishda va meteorologik kuzatish ishlar olib borishda kosmik apparatlar uchun doiraviy orbita tanlanadi. Meteorologik kuzatishlar olib boriladigan suniy yo’ldoshlar bir muncha yengil bo’lib, qutb atrofidagi orbitaga chiqariladi. Og’irligi katta bo’lgan kosmik va orbital kemalar uchun uchiriladigan kosmik kemalar ekvatorga nisbatan qiyaligi 500 atrofida bo’ladi. Orbita qiyaligiga qarab kosmik apparatlarni qaysi kengliklar bo’yicha harakatlanishi belgilanadi.
Kosmik apparatlardan olingan suratlarning tasnifi. Kosmik apparatlardan olingan suratlarning masshtablari bir xil bo’lmasdan, u uchish balandligiga va apparatlarning tiplariga bog’liq. Umuman kosmik apparatlardan olingan suratlar 1: 1 000 000 dan 1:10 000 000 masshtabda va undan ham kichik bo’lishi mumkin. Masalan, “Zond-5”, “Zond-7” planetalararo kosmik avtomatik kemalardan olingan suratlarning masshtablari 1:200 000 000 ga teng bo’lib, 70-90 ming km balandlikdan olingan.Kosmik suratlarning masshtabi olinayotgan suratning maqsadiga bog’liq bo’lib, yerning topografik kartasini tushirish uchun 1:1 000 000 masshtabli surat olinadi, tabiiy resurslarni o’rganish uchun 1: 2 000 000 atrofidagi masshtabli suratlar tanlanadi. Tabiiy resurslarni suratga olishda balandligi 600 va 900 km li orbita tanlanib, yer atrofini bir sutkada 14-15 marta aylanib chiqadi. Masalan, “Landsat” yo’ldoshi 916 km balandlikda harakatlanadi va yerni 14 marta aylanadi. Undan tashqari “Meteor”, “Molniya” va “Appalon” tipidagi kosmik apparatlar mavjud.
Regional suratlar,materik yoki okeanlarning ayrim katta qismlari tasviri bo’lib, ularning qamrov maydoni 100 ming km2 dan ziyod bo’ladi. Suratlarning masshtabi 1:5 000 000 dan 1:10 000 000 ga teng.
Televizion suratlartabiiy geografik rayonlarning katta qismlarini o’z ichiga oladi va ularning maydoni 10 ming km2 ni tashkil qiladi, masshtabi 1:1 000 000 dan 1:5 000 000 ga teng.
Kosmik suratlarni mukammalligi bo’yicha uch guruhga ajratiladi: kam mukammallikdagi - ularda ma’lumotlar kam, olingan suratlarni 2-5 marta kattalashtirib o’qiladi; o’rtacha mukammallikdagi – ulardan ko’p ma’lumotlar olish va 5-10 marta kattalashtirib foydalanish mumkin; o’ta mukammal – juda ko’plab ma’lumotlar mavjud va ular 15-30 marta kattalashtirilib foydalaniladi (56-rasm).
Turli mamlakatlardan uchirilgan kosmik apparatlar maqsadiga ko’ra ikkiga ajratiladi.
- ilmiy-tadqiqot ishlari uchun uchirilgan kosmik apparatlardan atmosferaning yuqori qatlamlari va Yer yuzasini o’rganish mumkin;
- amaliy ahamiyatga ega bo’lgan kosmik apparatlar – xalq xo’jaligining ehtiyojlarini qondirishga va maxsus harbiy maqsadlar uchun mo’ljallanadi.
Geografik kartalarning takomillashishi yerning tabiiy resurslarini yaxshiroq o’rganishga manba bo’lib xizmat qiladi. Ayrim kartalar hududning o’simlik dunyosi, tuproqlari, gidrografiyasi va geologiyasini aks ettiradi. Hududni suratga olishda geografik kenglik va vaqtni qamrab olish muhim hisoblanadi. Kartalarni yaratishda ijobiy natijaga erishish uchun belgilangan hududni uzoq vaqt suratga olish talab etiladi. Kosmik suratlar surat olish apparatlaridan foydalanish va ularning turga qarab quyidagilarga bo’linadi: kadrli kosmik suratlar va skanerli kosmik suratlar. Suratga olishda ishlatiladigan spektr nurlari bo’yicha kosmik suratlar quyidagilarga bo’linadi: ko’rish diapazonida olingan suratlar, yaqin infraqizil diapozonlarda olingan suratlar, uzoq infraqizil diapozonlarda olingan suratlar, radioto’lqinlarda olingan suratlar.


F otografik materiallar bo’yicha kosmik suratlar quyidagalarga bo’linadi: oq-qora ranglarda olingan suratlar, rangli tasvirda olingan suratlar, spektrozonal suratlar. Masshtabi bo’yicha kosmik suratlar yirik masshtabli 1:100 000 va undan yirik, o’rta masshtabli 1:100 000 — 1:1 000 000, mayda masshtabli 1:1 000 000 va undan mayda.
56-rasm. (a) kosmosdan oligan surat;
(b) kosmosuratdan olingan topografik karta1.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling