2 курс талабалари учун


Bolalar shifoxonasi quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi


Download 137.5 Kb.
bet3/16
Sana20.12.2022
Hajmi137.5 Kb.
#1036263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Амалий куникма

Bolalar shifoxonasi quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
1.Qabulxona
2.Davolash bo‘limlari
3.Diagnostika bo‘limlari
4.Yordamchi bo‘limlar
5.Maxsus davolash turlar bo‘limlari
6.Adminstrativ –xo‘jalik bo‘limlari


Qabulxona tuzilishi va jixozlanishi.
Qabulxona maydoni bir kunda kelgan bemorning o‘rtacha soniga xisoblanadi.
Kelgan bemorlar ro‘yxatga olinadi, vrach ko‘ruvidan va sanitar tozalovdan o‘tadi shuning uchun quyidagi xonalar bo‘ladi.
1. Kutish xonasi - keng eshiklari bilan.
2. Ko‘ruv xonasi.
3. Boks (izolyator)
4. Muolaja xonasi
5. Sanitariya burchagi (yechinish, klizma va dush vanna xonasi)
6. Bo‘lim boshlig‘i xonasi.
7. Shifokorlar xonasi.
8. Katta hamshira xonasi.
9. Bo‘lim – enagasi xonasi.


Qabulxona bo‘limii ishi.
Bemorlar o‘zi, tez yordam orkali, bolalar poliklinikasi yo‘llanmasi bilan yoki yo‘llanmasiz og‘ir xolatlarda kelishadi. Hamshira kelgan bemorlarni ro‘yxatga oladi: ismi, sharifi, yoshi, tug‘ilgan yili, yashash joyi, qayerdan va kim olib kelgan, ota-onasi ish joyi va uy telefoni, bo‘lar xammasi kasallik tarixiga tana xarorati bilan belgilanadi. Ko‘ruv xonasida shifokor kurib dastlabki tashxisnini qo‘yadi, kerak bo‘lsa birinchi shoshilinch yordam kursatiladi va profili bo‘yicha bo‘limga yotkazish xal qilinadi, bo‘limga transportirovka qilinadi (piyoda, nosilkada, katalkada). Bemorni yukumli kasallikka gumon qilinganda aloxida izolyatorga qo‘yiladi. Bemor gospitalizatsiya qilinayotganda sanitar – tozalov o‘tkazish uchun quyidagilar bo‘ladi:
1. Gigiyenik vanna, dush yoki issiq suv bilan artish, antropometriya: torozi, rostomer,
2. Oyok va qo‘l tirnoqlarini olish
3. Bitga, qo‘tirga ko‘rish. Bolada bit aniqlanganda shahar SESga shoshilinch habar telefon orqali berish, shoshilinch xabar varag‘ini to‘ldirish. Bit aniqlanganda «Nitifor» shampuni bilan obrabotka qilish, yuvish va mayda taroqda tarash. Kiyimlar klenkali xaltaga solib, 0,5% xloramin eritmasi biln tozalanib dezinseksion kameraga jo‘natiladi.


  1. Download 137.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling