2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
2.3.2 Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi
TO ishlamasligi mumkin bo‘lgan zonani kamaytirish uchun himoyalanayotgan liniyaga hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO (2.6-rasm) A1 o‘rnatiladi va uning himoya zonasi keyingi liniyaning ham bir qismini o‘z ichiga oladigan qilib bajariladi. Keyingi liniyaga esa darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasi o‘rnatiladi. Hatijada A1 himoya W1 liniyani to‘liq himoya qiladi. Keyingi W2 liniyaning boshlanish qismida qisqa tutashuv bo‘lganda avval A2 himoya ishlab, A1 himoyaning noto‘g’ri ishlashiga yul qo‘ymaydi. 6-rasm. Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO Darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasining ishlash toki qo‘yidagicha olinadi IA2hi= Kz I K2 .max bu erda Kz=1,2-1,3 - zahira koeffitsienti; I K2 .max - himoyalangan liniya so‘ngidagi maksimal qisqa tutashuv toki. hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO ning ishga tushish toki IA1hi= Kz IA2hi bu erda Kz = 1,2-1,3 - zahira koeffitsienti. Uning hayallash vaqti t A1 = t A2 + t bu erda Dt=0,3…0,6 tanlash pog‘onasi. Darhol ishlaydigan tok otsechkasining hayallash vaqti t A2 =0,06…0,08 s. Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO ning sxemasi MTH ning sxemasi bilan bir xil. Yerga tutashuvdan himoyaning ishlash prinsipi. Heytrali yerga ulangan va neytrali yerga yoy so‘ndiruvchi cho‘lg’am orqali ulangan elektr tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv vaqtida nisbatan kichik sig’im toklarigini hosil bo‘lishi sababli qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanishga ulangan isteomolchilar normal ishlashda davom etadi. Yerga tutashuvni tezlik bilan uzish talab qilinmaydi. Harakatlanuvchi mexanizmlar, quvvati katta generatorlar, xavfsizlik texnikasi talablariga kura tezlik bilan uzish talab qilinadigan oboektlar bundan mustasno. Lekin yerga tutashmagan fazalarda kuchlanishning ortib ketishi boshqa fazada ham yerga tutashuv hosil bo‘lish ehtimolini orttiradi. Ikkita har-xil fazalarda yerga tutashuvni hosil bo‘lishi ikki fazali qisqa tutashuvga olib keladi. SHuning uchun elektr tarmog’ida bir fazali yerga tutashuv bo‘lganda uzok vaqt davomida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yerga tutashuv nuqtasi ikki soat davomida aniqlanishi va uzilishi zarur. Yerga tutashuv vaqtida hosil bo‘ladigan tok va kuchlanishlar 2.14-rasmda ko‘rsatilgan. Yerga tutashgan fazaning yerga nisbatan kuchlanishi 0 gacha pasayadi (2.14-rasm, a) va yerga tutashmagan fazalarning yerga nisbatan sig’imlaridan liniya kuchlanishi ta’siri ostida sig’im toklari Iv(s), Is(s) o‘ta boshlaydi. Normal rejimda faza kuchlanishlari va sig’im toklari orasidagi burchak 90° ga teng (2.14- rasm, b). Yerga tutashuv vaqtida esa nol ketma-ketlik kuchlanishi va toki (2.14-rasm, v) hosil bo‘ladi. Bir fazali to‘la (metall) yerga tutashvning xarakterli belgilari qo‘yidagilar: 1) yerga tutashgan fazaning yerga nisbatan kuchlanishi nolgacha pasayadi; 2) yerga tutashmagan fazalardagi kuchlanishlar 3 marta ortadi; 3) nol ketma-ketlik kuchlanishi 3Uo va nol ketma-ketlik toklari 3Io hosil bo‘ladi. YUqoridagi belgilarda yerga tutashuvdan rele himoyalarini bajarishda foydalaniladi. Yerga tutashuv vaqtida hosil bo‘ladigan tok va kuchlanishlar Yerga tutashuvdan himoyaga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: himoya signalga ishlash kerak; sezgirligi katta bo‘lish kerak; himoya tanlash hususiyatiga ega bo‘lishi, yaoni yerga tutashgan liniyani to‘g’ri aniqlash kerak. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling