2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
Induksion relelar Induksion prinsipda asosan ikki turdagi rele tayyorlanadi, aylanuvchi diskli va aylanuvchi silindirsimon rotorli. Birinchi turdagi induksion relelarga hayallash vaqti tokka bog’liq bo‘lgan maksimal tok relesi , ikkinchi turdagi induksion relelarga esa yo‘naltirilgan quvvat relesi va qarshilik relelari kiradi. Induksion rele asosan cho‘lg’amlarga ega bo‘lgan harakatlanmaydigan magnit o‘tkazgichlar va tokni yaxshi o‘tkazuvchi materialdan tayyorlangan disk yoki silindr ko‘rinishidagi harakatlanuvchi qism va u bilan mexanik bog’langan kontaktlardan iborat. CHo‘lg’amlardan o‘zgaruvchan tok o‘tganda magnit o‘tkazgichlarda o‘zgaruvchan magnit oqimlari hosil bo‘ladi va ular ta’sirida harakatlanuvchi disk yoki silindrda toklar induksiyalanadi. Induksiyalangan toklar va magnit oqimlarning o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi va disk aylanishi yoki silindr maolum burchakka burilishi mumkin. Induksion rele faqat o‘zgaruvchan tokda ishlash mumkin. Aylantiruvchi momentni hosil qilish uchun induksion releda bir biridan fazalari bilan farq qiluvchi kamida ikkita magnit oqim mavjud bo‘lishi zarur. Aylanuvchi diskka ega bo‘lgan RT- 80 yoki RT- 90 turdagi induksion relelarda magnit oqimlardan biri cho‘lg’amdan o‘tayotgan tok ta’sirida ikkinchisi esa magnit o‘tkazgichning bir qismiga joylashtirilgan qisqa tutashtirilgan cho‘lg’am yordamida hosil qilinadi . Harakatlanuvchi silindirsimon yakorga ega bo‘lgan RBM turdagi yo‘naltirilgan quvvat relelarida alohida tokka va alohida kuchlanishga ulanuvchi cho‘lg’amlar bo‘lib, ular yordamida bir-biridan fazalari bilan farqlanuvchi ikkita magnit oqim hosil qilinadi. Tok otsechkasi (TO) qisqa tutashuvni tezlik bilan uzishni taominlovchi tok himoyasining bir turidir. TO asosan manbaga yaqin bo‘lgan liniyalarda qo‘llaniladi. CHunki bunday liniyalardan katta qisqa tutashuv toklarining uzoq vaqt davomida o‘tishi xavfli. MTH bilan TO orasidagi farq ularning tanlash xususiyatini taominlash usulidadir. TO ning tanlash xususiyati uning ishlash zonasini cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi, yaoni u keyingi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda igshlamasligi kerak. Buning uchun TO ning ishlash toki himoyalanayotgan liniyaning so‘nggi nuqtasida qisqa tutashuv bo‘lganda himoyadan o‘tadigan maksimal tokdan katta bo‘lishi kerak. TO ning ishlash zonasi (2.5 – rasm)da ko‘rsatilgan. 2.5-rasm. TO ning ishlash zonasi TO ning ishlash toki Ihi= Kz Ik.max bu erda Ikmax - himoya qilinayotgan oboektning manba tamonidan hisoblaganda so‘nggida qisqa tutashuv. bo‘lganda hosil bo‘ladigan eng katta tok; Kz - zahira koeffitsienti, RT-40 rele qo‘llanilgan bo‘lsa,Kz=1,2...1,3. TO ning sxemasi MTH ning sxemasidan faqat vaqt relesining yo‘qligi bilan farq qiladi. TO ning ishlash vaqti tok va oraliq relelarining ishlash vaqtlari yigindisiga teng bo‘lib odatda t = 0,04 - 0,06 s ni tashkil qiladi. O‘ta kuchlanishlardan naysimon razryadniklar yordamida himoyalangan liniyalarda TO uchun ishlash vaqti 0,06 - 0,08 s ga teng bo‘lgan oraliq relelar olinishi kerak. TO maksimal qisqa tutashiv toklaridan chetlashtirilganligi sababli minimal qisqa tutashuv rejimida uning ishlash zonasi qisqaradi. Agar TO liniyaning 20% dan ortiq qismini himoya qilsa, uni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. TO liniyani to‘liq himoya qila olmasligi sababli uni asosiy himoya sifatida ishlatish mumkin emas. TO faqat MTH bilan birgalikda ishlatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling