2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
MTH ning sxemalari.
MTH sxemalarining asosiy turlari qo‘ydagilar: a) operativ zanjirlarni taominlash usuli bo‘yicha: 1) o‘zgarmas operativ tokli; 2) o‘zgaruvchan operativ tokli; b) rele ishlash vaqtining tokka bog’liqlik xarakteri bo‘yicha: 1) bog’liq xarakteristikali; 2) bog’liq bo‘lmagan xarakteristikali; v) ishlash usuli bo‘yicha : 1) bevosita ishlaydigan; 2) bilvosita ishlaydigan; g) bajarilishda foydalanilgan fazalar soni bo‘yicha : 1) uch fazali; 2) ikki fazali; d) ishga tushiruvchi (o‘lchovchi) relelar soni bo‘yicha : 1) bir releli; 2) ikki releli; 3) uch releli. Uch fazali sxemada (2.3-rasm) uchta tok transformatori va uchta tok relesi yulduz sxema bo‘yicha ulangan. Qisqa tutashuv yuzaga kelganda, masalan K nuqtada, qaysi fazadan qisqa tutashuv toklari o‘tsa o‘sha fazaga o‘rnatilgan tok relesi ishlaydi. Tok relelari KA1, KA2, KA3, lardan qaysi biri ishlashidan qatoiy nazar qisqa tutashuv yuzaga kelganda vaqt relesi ishga tushib, maolum vaqtdan keyin uning kontaktlari ulanadi. Oraliq relening cho‘lg’ami KL dan tok o‘tib KL.1 kontakt darhol ulanadi, uzish elektromagniti YAT dan tok o‘tib Q viklyuchatel uziladi. Ko‘rsatkich rele KN himoyaning ishlaganligini qayd qiladi. 3-rasm. O‘zgarmas operativ tokda bajarilgan MTH ning uch fazali sxemasi Uch fazali sxema qisqa tutashuvlarining hamma turlarida ham ishlaydi. Lekin u murakkab va qimmat bo‘lganligi sababli faqatgina neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida ayrim hollardagina ishlatiladi. Ikki fazali sxema (2.4,a-rasm) neytrali yerga ulanmagan elektr tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari ikki fazali qisqa tutashuvdan maxsus himoyaga ega bo‘lgan neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida ham qo‘llaniladi. 4-rasm. O‘zgaruvchan operativ tokda bajarilgan ikki fazali bir releli MTH ning sxemasi Ikki fazali bir releli sxema (2.4,b-rasm) faqatgina 6-10 kV gacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida va elektrodvigatellarni himoya qilish uchun ishlatiladi. Rele himoyasi qurilmalari o‘lchovchi, mantikiy va ijro etuvchi qismlardan iborat. YUqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rele himoyasining o‘lchovchi qismiga tok va kuchlanish o‘lchash transformatorlari jumladan tok va kuchlanish transformatorlari yordamida keltiriladi. O‘lchash transformatorlarining vazifalari qo‘yidagilar: rele himoyasining o‘lchovchi qismini va o‘lchash priborlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirdan golpvanik ajratish; nominal birlamchi kuchlanish va tokning qiymatidan qatoiy nazar standart ikkilamchi kuchlanish va tok hosil qilish. Amaliyot natijalari va ularning taxlili shuni ko‘rsatadiki rele himoyasi qurilmalarini taominlovchi tok transformatorlarining xatoligi, ularning birlamchi cho‘lg’amidan o‘tish ehtimoli bo‘lgan maksimal qisqa tutashuv toklari o‘tgan vaqtda ham, tok bo‘yicha 10% dan va burchak bo‘yicha 7° dan katta bo‘lmasligi kerak. Tok transformatorlari 0,5;1;3;10 va R aniqlik klasslarida tayyorlanadi. Aniqlik klasslari rele himoyasini taominlovchi tok transformatorlarini tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. CHunki, ular ko‘rsatilgan aniqlik klassini birlamchi tok va yuklama nominalgacha bo‘lganida taominlaydi. Maxsus rele himoyasi uchun R aniqlik klassdagi tok transformatorlari tayyorlanadi. Himoyalanayotgan oboektning yuklama toki, kuchlanishi va rele himoyasining turiga asosan tok transformatorlari tanlanadi. Katta birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalar masalan, differensial himoya uchun R aniqlik klassdagi tok transformatorlari va nisbatan kichik birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalar uchun 1,3 va 10 aniqlik klassiga ega bo‘lgan tok transformatorlari tanlanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling