2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Masofa himoyalari
- Maksimal tok himoyasi
2. Differensial himoyalar. Differensial himoyalar bo‘ylama va ko‘ndalang diferensial
himoyalarga bo‘linadi. Bo‘ylama differensial himoyaning ishlash prinsipi himoyalanayotgan oboektning kirishi va chiqishidagi toklarni taqqoslashga asoslangan. Bo‘ylama differensial himoya asosiy elektr qurilmalar va uzunligi 20 km gacha hamda kuchlanish 35 kV va undan yuqori elektr uzatish liniyalarida qo‘llaniladi. Ko‘ndalang differensial himoya parallel liniyalardagi toklarni taqqoslashga asoslangan va uzunligi katta parallel liniyalarda qo‘llaniladi. 3. Masofa himoyalari. Masofa himoyalarining ishlash prinsipini umuman olganda himoya o‘rnatilgan nuqtadagi kuchlanish va tokning nisbati, yaoni qisqa tutashuv nuqtasigacha bo‘lgan qarshilikni o‘lchashga asoslangan. Masofa himoyalari asosan qishloq elektr tarmoqlarida qo‘llaniladi. Maksimal tok himoyasi Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan maolum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi. Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini taominlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g’ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g’ri tanlash yuli bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanaetgan oboektning so‘nggidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi. Bir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya bo‘lib hisoblanadi va har bir liniyaning manba tomondan hisoblaganda boshlanishga o‘rnatiladi. 2.-rasm. Liniya MTH sining sxemasi MTH maksimal tok, vaqt va oraliq relelar yordamida bajariladi. 2.1-rasmda 10 kVli liniya MTH sining sxemasi ko‘rsatilgan. Normal rejimda TA tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg’amidagi tok maksimal tok relelari KA1 va KA3 ning ishlashi uchun etarli emas, shuning uchun MTH ishlamaydi. Agar masalan W liniyaning K nuqtasida qisqa tutashuv hosil bo‘lsa TA ning ikkilamchi cho‘lg’amidagi tok keskin ortadi. Ikki fazali qisqa tutashuv bo‘lsa KA1 va KA2 relelardan biri, uch fazali qisqa tutashuv bo‘lsa ikkalasiishlaydi va uzlarining KA1.1 va (yoki) KA2.1 kontaktlarini ulaydi. Natijada vaqt relesi KT ning cho‘lg’amidan tok o‘tadi va maolum hayallash vaqtidan keyin uning KT.1 kontakti ulanadi. Oraliq rele KL ning cho‘lg’amidan tok o‘tib uning KL.1 kontakti ham darhol ulanadi. Viklyuchatel Q ning asosiy kontaktlari ulangan holatda uning yordamchi kontakti SQ ham o‘langan bo‘lishi sababli uzish elektromagnitini cho‘lg’ami YAT dan tok utib viklyuchatelning asosiy kontaktlarini uzadi. W liniya manbadan ajratiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling