2-ma’ruza : releli himoyaning tuzilish sxemasi
Yerga tutashgan liniyani aniqlaydigan himoya
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2 (1)
Yerga tutashgan liniyani aniqlaydigan himoya
Yerga tutashuv toklarining liniyalar orasida taqsimlanishi 2.16-rasmda ko‘rsatilgan. Yerga tutashgan liniyada nol ketma-ketlik toki qolgan liniyalardagi nol ketma -ketlik toklarining yigindisiga teng. Bu belgidan himoyani bajarish uchun foydalaniladi. Yerga tutashuv toklarining liniyalar orasida taqsimlanishi Himoyani ishga tushish toki Ihi= KzIso‘ bu erda Kz - chetlashtirish koeffitsienti, hayallash vaqtiga ega bo‘lmagan himoya uchun Kz=4 5 va hayallash vaqtiga ega bo‘lgan himoya uchun Kz= 2 2,5; Is.o‘ - yerga tutashgan liniyaning o‘z sig’im toki (boshqa liniyada yerga tutashuv bo‘lganda) Himoyani sezgirligi Ks= Ie / Ihi bu erda Ie=3Io - eng kam liniya ishlaydigan rejim uchun yerga tutashuv toki. Havo liniyalari uchun Ksі1,5 va kabel liniyalari uchun Ks Ј1,25 bo‘lish kerak. Himoyani bajarish uchun havo liniyalarida uch transformatorli nol ketma-ketlik tok transofrmatorlaridan, kabel liniyalarida esa nol ketma-ketlik tok transformatorlaridan foydalaniladi. Rele himoyasi va avtomatika qurilmalarning ishlash prinsiplari Rele himoyasi va avtomatika qurilmalari shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejimlarning xarakterli belgilaridan foydalanib bajariladi. Masalan qisqa tutashuvning xarakterli belgilari tokning ortishi va kuchlanishning pasayishidir. SHikastlangan elementni aniqlash usuli bo‘yicha himoyalar nisbiy va absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoyalarga bo‘linadi. Hisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoyalarga tok , yo‘naltirilgan tok va masofa himoyalari kiradi. Tokning o‘zgarishidan taosirlanib ishlaydigan himoyaga tok himoyasi deb ataladi. SHikastlanish vaqtidagi tokning yo‘nalishiga asosan ishlaydigan himoyaga yo‘naltirilgan tok himoyasi deb ataladi. Kuchlanish va tokning nisbatiga asosan ishlaydigan himoyaga masofa himoyasi deb ataladi. Kuchlanish o‘zgarishiga asosan ishlaydigan himoyaga kuchlanish himoyasi deyiladi. Asolyut tanlashga ega bo‘lgan himoyalar himoyalanayotgan oboektning kirishi va chiqishidagi (boshlanishi va so‘nggidagi) bir xil elektr kattaliklarini taqqoslashga asoslangan. Ularga ko‘ndalang va bo‘ylama differensial himoyalar kiradi. Avtomatik chastotaviy engillashtirish qurilmasi (ACHE) chastota o‘zgarishiga asosan ishlaydi. ACHE qurilmasi uchun kirish signali bo‘lib asosan chastotaga proporsional kuchlanish hisoblanadi. Avtomatik qayta ulash (AQU) va rezervni avtomatik ulash (RAU) qurilmalarining kirishlariga diskret signallar beriladi. Bu signallar rele himoyasining ishlaganligi va viklyuchatellarning holati to‘g’risidagi informatsiyaga ega bo‘ladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling