2-ma‘ruza. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jaroyinini tashkil etish shakllari


Download 118.1 Kb.
bet3/13
Sana05.05.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1430330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

Aqliy tarbiya, Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o ‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z -o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik — bu donolik. Donolik — bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas“ , deyiladi.

Axloqiy tarbiya usullari



Axloqiy tarbiyada rag'batlantirish
va jazolash usullaridan
o‘rinli foydalanish.




O‘quvchilarning mustaqil
fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini
ilgari surishiari uchun
qulay muhit yaratish.


Tarbiyaviy soatlar, „Odobnoma"‘
darslarining saviyasini
oshirish.



Dars jarayoni, darsdan tashqari mashg`ulotlarda sharq qadriyatlari va milliy an’analar aks etgan, ,,Qur’oni Karim", Hadis, ,,Xotamnoma“, “Hikmatnoma“ , ,,Odobnoma“, ,,Qobusnoma',
Yusuf Xos Hojibning
,,Quradg‘u bilig“ va shunga o'xshash tarbiyaviy
asarlardan o'rinli foydalanish





Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling