2-ma‘ruza. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jaroyinini tashkil etish shakllari


- shakl. Axloqiy tarbiyani rivojlantirishning usullari


Download 118.1 Kb.
bet4/13
Sana05.05.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1430330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

1 - shakl. Axloqiy tarbiyani rivojlantirishning usullari.


Ekoiogik tarbiya. Ekologiya so‘zi ,.tom” yoki ,,uy“ degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor munosabatlari davrida ko’pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoiti me’yorlarini o‘rganadi va yashashning umumiy darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir, Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek rnaqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi.
Demak, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur. Ekologik munosabatlarga quyidagi kabi komponentlarni kiritish mumkin:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4. Tabiat go‘zalliklarini his etish.
Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya — bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko'nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq rnaqsadni ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning
birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltiriIganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarur.
O`sib keiayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, nansabdor shaxslar va boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor shaxsiar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.
Uchirichidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta ’lim, huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari kiradi
To`rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: -ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag’batlantirish, majburlash kabilar kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniya, adabiyot va san’at asarlari, ko'rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi.
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog`liqligi yanada ortadi.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o'quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o'rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o`z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiv zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan. guruh vazifaiari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o'rganiladi.
Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi, politexnik ta’lim — bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo'lgan ilmiy asoslarni va prinsiplarni, mehnat ko'nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o'zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi, bu - umumiy mehnat. Umumiy mehnat o'quvchilarni mahsulot ishlab chiqariladigan faoiiyatga jalb etishni taqozo qiladi.
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash).
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi.
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga. uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.

Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling