2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari
Download 373.45 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
2. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari.
Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e’tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. Shu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dexqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag‘batlantirib turish kerak deydi. Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi. Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari haqida qimmatli fikrlar bildiradi. «Saydana» nomli mashhur asarida esa sharqdagi dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muhim rol o‘ynaydi deydi. Bular: irsiyat, muhit, tarbiya. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u: -o‘quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va boshqalarga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini uqtiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda ham katta ahamiyatga egadir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshida Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g‘oyat murakkab, jo‘shqin voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi bo‘lmish Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey asarlari bilan tanishtiradi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy va ma’rifiy-pedagogik hamda psixologik qarashlarining shakllanishida qomusiy olimlardan Muhammad al-Xorazmiy (780- 850), Abu Abbos Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Marvoziy (IX asr), Javhariy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abul Vafo Buzxoniy (840-938), Abu Said as-Sijiy (951-1024) hamda yunon olimlaridan Fales, Pifagor, Arximed, Galen, Gippokrat, Evklid, Ptolemey, Platon, Aristotel, hind olimi Bramagupta va boshqalarning asarlari ta’lim va tarbiya maktabi vazifasini o‘tadi. Beruniy bu olimlarning asarlarini o‘qib bilish uchun yoshligidanoq arab, fors, yunon, sanskrit, yahudiy tillarini puxta o‘rgandi. Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya, farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug‘atshunoslik kabi sohalarda tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk samaralarga erishdi. Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Mas’ud davrida Beruniy o‘zining falakiyot va fizikaga oid mashhur “Qonuni Mas’ud” asarini yozib, uni Mas’ud nomiga bag‘ishlaydi. Shuningdek, olim ana shu davrda yaratilgan “Joylar chegaralarini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash” (“Geodeziya”) asarida Quyosh va Oyning tutilish sabablarini, joylarning jo‘g‘rofik kengliklarini aniqlash yo‘llarini tushuntirib beradi. “Javohirlarni bilish va umumiy kitob” (“Mineralogiya”) asarida qimmatbaho tosh va minerallarni, ularning xossa va xususiyatlarini, solishtirma og‘irligi, qattiqlik darajasi, rangi, tiniqligi va boshqa fizik xossalarni bayon qilgan. “Saydana” (“Farmakognoziya”) asarida Beruniy qadimgi yunon va o‘rta asr Sharqi, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va arab mamlakatlarining madaniyat tarixini tadqiq qilish ishiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Olimning eng mashhur asarlaridan biri “Osor ul-boqiya” (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar)dir. Beruniy 150 dan ziyod bebaho asarlar yozib qoldirdi. Ulardan bizgacha 30 dan ortiq asar yetib kelgan, xolos. Download 373.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling