2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi


O‘n ikki ming teriga o‘zilgan kitob


Download 373.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana28.12.2022
Hajmi373.45 Kb.
#1021763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

O‘n ikki ming teriga o‘zilgan kitob. Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 
“Abisto” (“Avesto”)ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilgan 
bir nusxasi bor edi. Iskandar Maqduniy otashxonalarni vayron qilib, ularga 
xizmat qiluvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yuborgan edi. Shuning 
uchun o‘sha vaqtdan beri “Abisto”ning beshdan uch qismi (“ya’ni, o‘n 
sakkiz naski) yo‘qolib ketdi. “Abisto” o‘ttiz nask edi, majusiylar qo‘lida 
chamasi o‘n ikki nask (qism) qoldi.
Yil va fasllar
 
Quyoshning burjlar falakidagi harakati ul-kullga (kull — hamma, barcha, butun) 
qarshi harakat qilib, qaysi nuqta bo‘lsa ham uning harakatining boshlangan joyi, deb 
faraz etilgan nuqtaga qaytib kelgunicha o‘tgan (muddatda) yil deyiladi. Yil to‘rt fasl 
— bahor, yoz, kuz, qishni va ularning to‘rt xil tabiatlarini o‘z ichiga olib, qayerdan 
boshlangan bo‘lsa, shu yerda tamom bo‘ladi.
Suvning sho‘rligini kamaytirish
 
Agar sho‘r suvli quduqlarga yaxshilab quritilgan mumdan bir necha ratl 
tashlansa, suvdagi sho‘rlik kamayishi mumkin. Hatto tajribachilar: “Agar mumdan 
nozik bir idish yasab, dengiz suviga tashlansa, og‘ziga chiqmaydigan bo‘lsa, uning 
ichiga sizib o‘tgan suv, albatta, shirin bo‘ladi”, deydilar. Chunonchi, kuz va yozda 
Tinch ko‘liga Nil suvi ko‘p aralashsa, shirin bo‘ladi yoki aksincha, kam aralashsa, 
juda sho‘r bo‘ladi.
Xushbo‘y suv
 
Misrda bir tog‘ etagida ibodatxona yaqinida “Pok” deb mashhur bo‘lgan hovuzga 
tog‘ tagidagi buloqdan shirin, xushbo‘y suv oqib turadi. Qachon biror isqirt, iflos, 
kir odam unda yuvinsa, suvning ta’mi o‘zgaradi, badhid bo‘ladi. To suvi bo‘shatilib 
tozalanmaguncha, o‘shanday hid chiqaveradi, tozalansa xushbo‘ylikka qaytadi.
Ochni to‘yg‘az
 
Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘g‘li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho 
toshni sotib olganini eshitib, o‘g‘liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga 
qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga nasihatim shu, darhol o‘shani sotib, uning 
qiymatiga mingta ochning qornini to‘yg‘az. O‘zingga bo‘lsa kumushdan uzuk qildir, 
uning ko‘zi ham o‘zidan bo‘lsin”. Abdulloh otasi aytganday qilibdi.

Download 373.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling