2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
Download 373.45 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quloq va ko‘zdan qo‘rqamiz
- Quyoshning nechta nomi bor
- Yorug‘ tosh
- Era qanday aniqlanadi
Nechta kamolot davri mavjud
An-Notiliy shunday degan: “Inson uchun uchta kamolot davri mavjud. Biri - balog‘atga yetishi, ya’ni o‘zi kabi birovning undan bo‘lishi mumkin bo‘ladigan vaqt bo‘lib, ikkinchi yetti yillikning (sobuning) boshidir; ikkinchi “kamolot” tafakkur quvvati bo‘lib, uning aqli quvvatdan fe’lga chiqadigan vaqti, ya’ni oltinchi yetti yillikning boshidir; uchinchi “kamolot” - odam yolg‘iz bo‘lsa, o‘zini, uylangan bo‘lsa oilasini, podshoh bo‘lsa, fuqarosini kutishga yaraydigan vaqti”. An-Notiliy “kamolot” muddatini bir yuz qirq yil degan, ya’ni inson shu yoshgacha yashashi mumkin ekan. Quloq va ko‘zdan qo‘rqamiz Jamil al-Azariy deydi: “Xursandchilik manzilida bo‘lsak ham, quloq va ko‘zdan qo‘rqib turamiz”. Chunki ko‘z kuzatuvchi a’zo sanaladi. Quloq sezgisi teshigi rog‘alari esa quloq soladi - undan hech narsa yashirin qolmaydi. Quyoshning nechta nomi bor? Hindlar birgina narsani juda ko‘p ism bilan ataydilar. Misol uchun quyoshni olaylik: Aytishlaricha, ular quyoshga mingta nom berganlar. Arablar ham sherni mingtaga yaqin ism bilan ataganlar. SHerning arabcha ismlardan ba’zisi o‘ziga muvofiq, ba’zisi esa uning o‘zgarib turadigan ahvolidan yoki undan sodir bo‘ladigan fe’llardan olingan ismlardir. Bu ham siyosat. Yorug‘ tosh Abu Bashar Sayrafiy bir kuni tog‘asinikida qiziq voqeaning guvohi bo‘libdi. Qizil yoqut keltirishibdi. Yoqutning yorug‘ida kechasi kitob o‘qish mumkin ekan. Billur bilan ko‘rilgan xatlar ko‘zga yo‘g‘onlashib, satrlar orasi kengayib ko‘rinibdi. Nima uchun bunday ko‘rinishini oynak haqidagi kitoblar yechib beradi. Era qanday aniqlanadi? Agar bir kishi o‘ziga ma’lum bir era orqali boshqa tarixni bilmoqchi bo‘lsa, o‘sha ma’lum erani kunlarga aylantirsin. Buning majmui “asl” deb ataladi. Keyin ikkovi, ya’ni ma’lum va matlub tarixlar boshlanishi o‘rtasidagi (farq)ni olsin! Biz uni “ta’dil” deb ataymiz. Agar ma’lum tarix matlub tarixdan oldin bo‘lsa, asldan ta’dilni kamaytiradi: agar ma’lum tarix matlub tarixdan keyin bo‘lsa, unga ta’dilni qo‘shadi. Buning jami matlub tarix kunlari bo‘ladi. Shu kunlarda o‘sha tarixga tegishli yil miqdoriga taqsim qilsin, bundan chiqqanlar to‘la yillar, qolganlari kunlardir. Bu kunlarni yillar oylariga aylantiriladi va oylarning har biriga biz aytib o‘tgan miqdor — (kunlar)dan keraklisi beriladi. Download 373.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling