2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi


Download 373.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana28.12.2022
Hajmi373.45 Kb.
#1021763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

Yomonning kasofati
 
Bir kishi, ittifoqo, o‘zi tanimagan bir guruh bilan hamroh bo‘lib qoldi. Bu 
kimsalar qaroqchilar bo‘lib, bir qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U 
kishi o‘g‘rilar bilan birga biroz yo‘l bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo‘lga 
oldi. Bu kishi garchi o‘g‘rilarga sherik bo‘lmasa ham, ularga qo‘shilgani uchun 
azobga duchor bo‘ldi.
Nomus
 
Malika Kleopatra (o‘z o‘lkasiga yopirilib kelayotgan) dushman bo‘lmish 
Avgust qo‘liga tushib, nomusi poymol bo‘lishidan qo‘rqib, ikkala ko‘kragiga zaharli 
ilon qo‘ygan ekan. Uning huzuriga kirishganda, u toj kiyib boshi bilan o‘ng qo‘liga 
suyanganicha o‘tirganmish. Shu ko‘yi dushman qo‘liga tushib sharmanda 
bo‘lmasdan, obro‘sini saqlab qolgan ekan.
Ilonlar uyqusi
 


Ozor (mart) oyining o‘rtalarida dengizda yurish yaxshi bo‘ladi, deyishadi. Xuddi 
shu paytda ilonlar ko‘zlarini ochar, lekin hali sovuq bo‘lgani sababli qimir etmay 
yotar ekan. Xorazmda ilonlarni yer ostida bir-biriga o‘ralib yotganini ko‘rdim. Ular 
xuddi shar singari o‘ralib yotar, ko‘pining boshi ko‘rinib ham turardi.
Ma’rifat
 
Ma’rifatdagi darajalarni bir-biridan ortiq qo‘ymoqchi bo‘lgan kishilar uchun 
shunday masal to‘qilgan: Qorong‘u kechada shogirdlari bilan yo‘lga chiqqan bir 
kishi yo‘l ustida tik turgan narsani ko‘rib cho‘chigan va uning nima ekanligini 
aniqlashni buyurgan. Bir shogird: “Nima ekanligini bilolmayman”, degan, 
ikkinchisi: “Uni bilishga qudratim ham yetmaydi”, deya to‘g‘risini aytgan. 
Uchinchisi esa: “Bilishning foydasi yo‘q, chunki tong yorishgach, ma’lum bo‘ladi-
qo‘yadi” degan. Demak, uch shogirdning ma’rifati qisqalik qilgan. Birinchisi - 
ilmsizligi, ikkinchisi -ojizligi, uchinchisi -ishni keyinga surib, ustozlari oldida ojiz 
ekanliklarini ko‘rsatishgan. Ammo to‘rtinchisi aniq javob bermagan va shubhali 
narsaga yaqin borib, uning o‘ralashib ketgan qovoq palagi ekanligini ko‘rgan va uni 
tepib yuborgan. Shunday qilib, shogird o‘zining ma’rifatliligi bilan ustozini xursand 
etgan ekan.

Download 373.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling