2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
Download 373.45 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suqrotning javobi
Al-fir qo‘rg‘oni haqida
Al-Fir - Xorazm shahrining chekkasidagi loy va xom g‘ishtdan qurilgan qal’a bo‘lib bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavat qo‘rg‘on edi. Bu barcha qo‘rg‘onlar tepasida Yamandagi G‘umdon singari podshohlarning qasrlari bor edi. Qachon maqtanarli bo‘ladi? Oltin va kumush qadri odamlar orasida tabiiy suvratda emas, balki sun’iy suvratda bo‘ladi. Chunki bu ikkalasi tosh bo‘lib, odamni ochlikdan to‘yg‘aza olmaydi, tashnalikni qondirolmaydi, zararni daf qilolmaydi. Mashaqqatdan saqlay olmaydi. Ovqat sifatida manfaati bo‘lmay, insonni tiklay olmagan va uning turini boqiy qondirolmagan, kiyim bo‘lib odamlarni o‘rab asray olmagan, issiq-sovuq qiyinchiliklardan saqlay olmagan va pana yer sifatida saqlanishga yordam berolmaydigan har bir narsa tabiatan maqtanarli emas. Basharti, maqtovga sazovor bo‘lguday bo‘lsa ham, u tabiiy ravishda maqtalmaydi, balki hayotda zarur bo‘lib, boshqaning ehtiyoji tushadigan narsa uning yordamida bo‘lsa, shundagina maqtaladi. Ko‘pchilik kishilarning tabiatini pastkash qiladigan yomon xulqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagach, ularning isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Mana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng ishonchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib, zo‘r mashaqqat cheksak ham, o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz. Ilmlarning foydasi ochko‘zlik bilan oltin-kumush to‘plash uchun bo‘lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo‘lishdir. Suqrotning javobi Qadimgi yunonlarda teriga yozish odati bo‘lmagan edi. Keltirilishicha, Suqrotdan bu haqda so‘rashganda: “Ilmni tirik kishilar qalblaridan o‘lik qo‘ylarning terlariga ko‘chirmayman”, degan ekan. Download 373.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling