2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi


Download 373.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi373.45 Kb.
#1021763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

3.
Abu Rayhon Beruniyning 
“Osor ul-boqiya”(“Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar”) asarida pedagogik qarashlari. 
Nihoyatda keng bilimli va o'tkir mushohadali, bilimning turli sohalarini
mukammal egallagan Beruniy yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash masalalariga 
hamda faoliyatiga ham jiddiy e’tibor bergan. U pedagogika bo'yich'a maxsus asar
yozmagan bo'lsa-da, falsafa, psixologiya, ijtimoiy masalalami tahlil qilishda 
ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat va odob-axloq haqidagi fikrlarini asosli ravishda bayon
etgan. U eng awal, insonning baxti va fazilati ilmdadir, degan g'oyani ilgari
surgan. Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo'lganini aytib, ularni
quyidagicha ta’riflagan: «Musiqa — insonga kuchli ta ’sir etib, yoqimli kayfiyat
bag'ishlaydi; til -nutqning tarozisi va muomala qurolidir; geodeziya -harakatsiz
yulduz va quyosh orqali shaharlarning jo ylashishini mukammal o'rgatadi;
geologiya, geografiya va gidrologiya -yer haqidagi fanlardir; geometriya -
jismlarning shakllarini, falakiyot - koinot sirlarini, mineralogiya - javohir va
la’llarni o'rgatadi; dorishunoslik -tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi. Beruniy
fanlami ta’riflash bilan birga ularni o'qitishning quyidagi muammolarini bayon
etgan: 
Ta’limda o'quvchini zeriktirmaslik uchun o'rganiladigan fanlami almashtirib turish
kerak. O'quvchi fandan-fanga o'tib tursa, turli bog'larda yurganga o'xshaydi. Birini 
ko'rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u «Har bir narsada o'ziga yarasha lazzat 
bor» deyilganidek, ularga qiziqadi va o'qishni istaydi. Bir xil narsaning bayoni
bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Beruniy ilmni 
quyidagi uch yo'l bilan hosil bo'lishini alohida uqtirgan: 
1. Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to'g'ri
boshlash zarur. 
2. Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o'ziga borib yetguncha soddalashtirib 
borish. 
3. Ilm o'rganish vaqt va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas. Beruniy ilm
ahlini hurmat qilinsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qayta-qayta uqtirgan 
edi. O'zi esa juda ko'p olim va podshohlarga saboq ham bergan. Beruniyning tolmas 
zakovatidan Sulton Mas’ud ham bahra olgan, ya’ni undan falakiyotshunoslik
ilmini o ‘rgangan. Beruniy tahlilidagi darsliklar g‘oyat tushunarli, sodda bo'lib,


ilmga cheksiz muhabbat uyg'otgan. Beruniy sulton Mas’udga bolalar uchun 
kitoblar yaratishda quyidagilarga e’tibor berish zarurligini aytgan: 
1. Kitob yozgan muallif uni o'qishli qilib yoza bilishi kerak. 
2. Bunday kitoblar ko‘p ilmlami o'zida jamlagan va mutolaa uchun qulay, yengil
o'qiladigan bo'lishi lozim. 
3. Hozirgi munajjimlarning kitob bitishlarida boshqa usul va iboralarni qo'llash
zarur. Beruniy «Hindiston» nomli asarida hindlaming urf-odatlari bilan birga,
ularning o'qitish usullari haqida ham qimmatli ma’lumotlarni keltirgan. 
Beruniy ilmsiz kishilarning ko'ngli xurofotga moyil bo'lishini, yolg'on xuddi
suv yuzidagi ko'pikdek yo'q bo lib ketishini ta’kidlab, ana shu fikrlarning
to'g'riligini qator asarlarida turli voqea va hodisalami bayon qilish orqali 
isbotlagan. Beruniyning fikricha, insonlar hayotidagi zarurat va ehtiyojlar ularda
ilm olish uchun talablarni keltirib chiqardi. Shu talablarga ko'ra, ilm har xil
tarmoqlarga bo'linadi. Ilm insonga boylik orttirish uchun emas, balki o'zi
qiziqqan va zarur narsalarni bilish uchun kerak Beruniy ilmni keyingi avlodlarga 
yetkazuvchi vosita til, deb hisoblagan va uning ahamiyatini asoslab bergan.
«Til - so 'zlovchining istagini eshituvchiga yetkazadigan taijimondir... Agar 
insondagi so'zlash quvvati hamma joyga shamol singari yoyilmaganda va 
zamonlarga narsalar singari o'tuvchi xat yozish san’atini keltirib chiqarmaganda 
o'tmish zamon xabarlarini keyingi avlod qayerdan bilar edi», deb yozgan. 
Beruniy xat yozish tarixini quyidagicha bayon etgan: Islomshunos allomalar 
dastlabki paytlarda islom qoidalarini oshlangan terilarga yozganlar. Masalan, 
haybarli yahudiylar bilan tuzilgan shartnoma, payg'ambarning Eron podshohi 
Xisravga yozgan maktublari ham shunday terilarga yozilgan. Shunga o'xshash, 
Qur’on va Tavrot ham kiyik terisiga yozilgan edi. Asl qog'ozni samarqandlik bir asir 
olingan olim kashf etgan». Beruniy «Hindiston» asarida kishilarning xatlariga 
quyidagicha munosabat bildirgan edi. Hindlarning xatlari eskirib unutilgan, hech
bir kishi bunga ahamiyat bermagan. Nihoyat, ular savodsiz bo'lib qolganlar.
Natijada ular ilmdan uzoqlashganlar. Oqibatda Vyosa ibn Paroshara ular 
ishlashayotgan ellikta harfni ijod etgan. Ularga «akshara» deb nom berganlar.
Asezas va hikmat (dunyoda) ni abadiy qoldirish uchun oltita raqam shaklini
ko'rsatdi. Bu Bani Isroilning hukmronlik davriga to‘g‘ri kelgan edi. Keyinroq 
Komush va Lgenon haligi harflarni yunonlarga olib keldi. Ular unga 4 harf 
qo‘shib, jami 20 harfga yetkazgan. Olim Simonides bu harflarga yana 4 harf 
qo‘shdi. Afinaliklar esa harfdan foydalanganlar. Hindlarda (alifbeda) harflaming 
soni ancha ko'pdir.


“HINDISTON” (Parcha) 
Bu kitob bahslashish va tortishish kitobi emas, shuning uchun bu kitobda
dushmanlar isbotini keltirmayman va haqiqatdan chetga chiqqanlarga qarshilik 
ko‘rsatmayman. Bu faqatgina bayon qilish kitobidir, xolos. 
... Ilm esa jasad tabiatini o ‘z holiga qo‘yib, quyoyosh tutqunidan yoki bulutdan
tozalanganidek, nafs (jon) ni qorong‘ulikdan tozalaydi. 
... Aql esa hech qachon vaqt va zamonga boylanmay, narsalarning haqiqatini
bila oladi; o‘tmish va kelajakdagi narsalar ham unga barobardir. Aqlning eng 
yaqin yordamchisi fikr va tabiat, eng uzoq yordamchisi beshta sezgidir. Sezgilar 
bilinganlardan bir bo'lagini fikrga yetkazsa, fikr uni sezgi yanglishlaridan
tozalab, aqlga topshiradi. Aql uni umumiy (ilm) ga aylantiradi va buni nafsga
bildiradi, nafs shu yo‘l bilan olimlikka aylanadi. 
... Ilm uch yo‘Ining biri bilan hosil bo'ladi. U yo'llarning biri shuki, ilm ilhom
bilan zamonsiz fursat o'tmay, balki tug'ilib, beshikka belash bilanoq hosil bo'ladi...
Ikkinchi yo'l shuki, ilm birozgina vaqtdan keyin ilhom bilan hosil bo'ladi. Masalan,
Barlhim bolalari balog'atga yetgach, ilm ularga ilhom tariqasida berilgan edi...
Uchinchi yo‘l shuki, ilm o‘rganish orqali bir qancha vaqtdan keyin hosil boлadi. 
Bu xuddi boshqa hamma odamlar balog‘atga yetganlarida taMim olib, ilmga 
ega boMganlariga o'xshaydi. Ilm orqali xalosga yetishish faqatgina yomonlikdan 
tiyilish bilangina vujudga keladi. Yomonlikning shoxobchalari ko‘p bo`lsa ham
ularning asosi tama, g‘azab va ilmsizlikdir. ... Yana, boshqa quwatlarni qo'yib,
aqlga mos keladigan nutq quvvatini egallash bilan ham ilm hosil boMadi. 
... Yaxshi xulq, din talab etadigan xulqlar boMib, shoxobchalari ko‘p boMsa
ham, ularning fikricha, asl va asosi ko‘p ma’nolarni o ‘z ichiga olgan birmuncha
ishlardan iboratdir. Ular: 1) o`ldirmaslik; 2) yolg‘on gapirmaslik; 3) o ‘g‘rilik 
qilmaslik; 4) zino qilmaslik; 5) mol yig‘maslik; 6) doimo pok va toza bo`lish; 7) 
hamisha ro‘za tutib. o ‘zini qiynash; 8) Tangrini poklab va uluglab, uning
ibodatiga yopishish... 
Ilmlar ko‘pdir. Ular zamon iqboli boMib, turli fikr vaxotiralar ularga
qo'shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga rag'bat qilishi, ilmlarni va ilm 
ahllarini hurmatlashi o ‘sha iqbolning belgisidir. Ayniqsa, hukmron kishilarning 
ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab boladi... Hukmronning 
ilm ahlini ko'proq maqtab, ulardan xursand boMishi ham ilmlarning ko'payishiga 
sabab boladi. Demak, odamlarning qalbi buni sevish uchun va uning teskarisiga 
esa nafrat bildirishi uchun yaratilgandir. ... Maktab bolalari daftarlarini qora


qilib, eniga emas, bo‘yiga oq narsa bilan chapdan o ‘ngga qaratib yozadilar, 
go'yo shoir mana shu she’rni hindlarga qarata aytganday: Qog‘ozi ko'mirdan
bo'lib, qalami oq yozgan kitobni ко‘ring, U qorong'i kecha yuziga yorug'
kunduzni yozib, uni yoritmoqchi bo'ladi, Lekin tugal yorita olmaydi. Hindlar kitob
ismini uning avvali boshlanishiga yozmay, oxiri va tugallashiga yozadilar.. 

Download 373.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling