2-mavzu: Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilm-fan va pedagogika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
Ibn Sinoning shaxs faoliyati va didaktik qarashlari
Download 373.45 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Ibn Sinoning shaxs faoliyati va didaktik qarashlari
Ibn Sino shaxsning faoliyati va ta’lim - taibiya masalalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Olimning bolani tarbiyalash va o'qitish haqidagi ko'p fikrlari o'zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Ibn Sino o'zining o'rta asr «yetti ozod san’ati» tizimidan farq qiladigan tarbiya tizimiga odob, falakiyotshunoslik, tibbiyot, mantiq, falsafa, tabiatshunoslik, til va uning grammatikasi, musulmon qonunshunosligi fanlarini kiritgan. U tavsiya qilgan ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilami o'z ichiga olgan: 1. Aqliy tarbiya. 2. Jismoniy sog'lomlashtirish (davolash) tarbiyasi. 3. Estetik tarbiya. 4. Axloqiy tarbiya. 5. Mehnat tarbiyasi (hunar o'rgatish). Ibn Sino bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus bo‘limini ana shu masalaga bag‘ishlagan. Kitobning «Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash» bo'limida bolani maktabga jalb qilish haqida to'xtalgan. Uning ta’kidlashicha, maktabga barcha kishilaming bolalari jalb etilishi va hamma bolalar birga o'qitilishi hamda tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka o'qitishga qarshi bo'lgan, bolani maktabda jamoa bilan o'qitishning foydasini quyidagicha ifodalagan: 1. Agar bolalar birga o'qisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bulaming hammasi o'qishning yaxshilanishiga yordam beradi. 2. O'zaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan o'qib olganlarini, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar. 3. Bolalar biiga to'planganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, do'stlashadilar, o'quv materiallarini o'zlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlami o'rganadilar. Ibn Sino 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'qitish dasturiga alohida ahamiyat bergan. Bunday bolalarga Qur’on, til va uning grammatikasini, she’rning tuzilishini o'rgatish, ular bilan mazmundor axloqiy suhbatlar o'tkazish, badantarbiyani amalga oshirish, ularga hunar o'rgatish kerak, deb ta’kidlagan. Ayrim ko'ngillariga yoqadigan narsalar bilan shug'ullanish uchun ham bo'sh vaqtlari qolishi kerak. Ko'ngillariga yoqadigan narsalar bilan shug'ullanish deganda, har xil o'yinlami nazarda tutgan. Bu yoshga mo'ljallangan jismoniy tarbiya tadbirlariga piyoda saf tortib yurish, sakrash, otda chopish, to'p o'ynash, kurash, qilichbozlik va boshqalami kiritgan. Ibn Sino o'zining «Donishnoma» asariga qadimiy hikmat fanlaridan beshtasini kiritib, mohiyati va mazmunini asoslab bergan edi: 1. Mantiq -bilimlaming tarozusi. 2. Fizika - bu hisga aloqador harakat hamda o'zgarishga doir bilim. 3. Koinotning tuzilishi va joylashuvi to'g'risidagi bilim. 4. Musiqiy bilim - tovushlaming ohangdorligi va noohangdorligi haqidagi bilim. Tabiatdan tashqari bo'lgan narsalar to'g'risidagi bilimlar. O'qitish jarayonida har bir fandan foydalanishda unda berilgan narsalarning isbotini topa olmasang, unda aytilgan fikrlami ham rad etma, taxmin qilib xulosa chiqarma, kitob va aqlingga murojaat qil, degan edi «Donishnoma» kitobining yakunida. Ibn Sino o'qitish jarayoniga katta ahamiyat bergan va uni tubandagi tarzda tashkil qilinishi zarur, deb hisoblagan: 1. Bolani birdan kitobgajalb qilib qo'ymaslik kerak. 2. O'qitish asta-sekin, osondan qiyinga o'tish yo'li bilan olib borilishi lozim. 3. O'quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularningm yoshiga mos bo'lishi shart. 4. O'qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor. 5. O'qitish bolaning mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi kerak. 6. O'qitish jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borilishi zarur. Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida o'qituvchining roliga katta e’tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6 yoshga to'lishi bilan uni o'qituvchining tarbiyasiga berishni tavsiya qiladi. Tarbiyachi «Rostgo'y, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala» bo'lishi zarurligini uqtiradi va yosh avlodni o'qitadigan hamda tarbiyalaydigan kishilar oldiga bir qancha talablar qo'ygan. Uning fikricha: 1. Tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo'lishi kerak. 2. Muallim o'quvchilar ta’limni qanday o'zlashtirayotganini kuzatib borishi zarur. 3. O'qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo'llashi darkor. 4. Tarbiyachi o'quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi lozim. 5. Tarbiyachi bolalami tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qo'llashi, o'tilganlami takrorlashga majbur qilish orqali ulami fanga qiziqtirishi kerak. 6. Tarbiyachi o'z fikrini o'quvchiga bayon qilishdan oldin undan masalaning mohiyatiga o'zi tushunib olishi, keyin uni qisqa, aniq, adabiy tilda tushuntirishi, bunda ko'p gapirishdan qochishi lozim. 7. Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg‘otadigan bo'lishi zarur. Ibn Sinoning fan va ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari uning ana shu masalalar bo'yicha chuqur bilim va katta tajribaga ega bo'lganidan dalolat beradi. Mazkur fikrlarda Ibn Sinoning nazariy bilimlarni o'rgatishni amaliyot bilan birga olib borishga alohida e’tibor bergani diqqatga sazovordir. lbn Sinoning axloqiy tarbiya haqidagi g'oyalari juda qimmatlidir. U axloq ilmini yanada rivojlantirgan. U “Aksomul ulum val ahliya” nomli asarida quyidagicha ta’riflagan: “Bu fan kishiga uning axloqi qanday bo'lishi kerakligini va nimaga intilishi lozimligini o'rgatadi...” Shuningdek, u yana boshqa asarlarida axloq insonning o'zini-o'zi reflekslashi haqidagi fan ekanligini va u xulq-atvorni o'rgatishini ta’kidlaydi. Sino axloqni ikki qismga: “yaxshilik” va “yomonlik”ka" bo'Iadi. Yaxshilikning bosh mezoni adolat deb uqtirgan. Adolatni esa insonning ruhiy holati bilan bog'langan holda quyidagi 3 qismga ajratgan: 1. Instinkt vositasi bilan paydo bo'ladigan sezgi istagi. Bunga jinsiy sezgi, orzu-havas, yaxshi ovqat va kiyim-kechak kabilar kiradi. 2. Qahr-g'azab va boshqa kuchli ruhiy sezgilar vositasi bilan paydo bo'ladigan istak. Bunga: tushunib yetmaslik, g'amhasrat, nafrat, ichiqoralik, ko'ra olmaslik, baxillik, rashk kabilar kiradi. 3. Oqilona istak va mayl. Bunga kamtarlik, adolatlilik, umumiy yuksak insoniy fazilatlar kiradi. Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o'rin ajratgan. Uning fikricha: «Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo'lsa ham, undagi bilim axloq me’yorlariga mos bo'lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo'la olmaydi». Olim axloqiylik ko'proq vatanparvarlikda o'z aksini topadi deb tushungan. U ona-Vatani - Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o'z burchi deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shgan.Ibn Sinoning «Salamon va Ibsol», «Xay’ ibn Yaqzon» falsafiy qissalarida axloqiy fazilatlar tasviri alohida o'rin egallaydi. Pokiza xulq — odamiylik javhari, kishini inson sifatida ulug'laydi, tuban axloq esa odam umrining zavolidir. Ibn Sino odamlami do'stlik, o'zaro chinakam axloqiy munosabatda bo'lishga chaqirgan: «Ey, birodarlar! Haqiqatni ochib tashlanglar, bir-biringiz bilan samimiy do'st bo'linglar. Har biringiz o'z birodaringiz uchun xolis dilingizdagi pardalarni ochib tashlanglar...» Ibn Sinoning axloq to'g'risidagi hikmatlaridan umuman quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin: — Ota-onani hurmatlash zarur. — Ota-onalami g'animat tutish kerak. — Har kim o'z qadriga loyiq gaplamigina aytishi, tilini saqlashi, gapirganida qo'lini silkitmasligi lozim. — Odamlarning saxiyligidan ta’ma qilmaslik kerak. — Pastkashdan vafo kutmaslik lozim. Ibn Sino axloq haqidagi nasihatlarini quyidagicha yakunlagan: «Nasihat bobida uch mingta so'z yozdim, uch mingtadan uch kalimani tanlab oldim. Bu uchtadan ikkitasini esda saqla va birini unutib yiibor: Xudoni va o'lim haqligini yodingda tut, qilgan yaxshiliklaringni unutib yubor». Ibn Sino insonlaming sabrli va har qanday qiyinchilikka chidamli bo'lishining oqibati ularni yuksak axloqiylik va baxtga yetaklaydi, deb uqtirgan. Mutafakkiming axloq va axloqiy tarbiya haqidagi g'oyalari yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun bir dastur sifatidagi qimmatini saqlab kelmoqda. Ibn Sino oila tarbiyasi masalalari bo'yicha maxsus «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota- onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan va o'zining ta ’lim -tarbiya haqidagi har tom onlam a mukammal mulohazalarini bayon qilgan. Asarning «Muqoyasa dar axloq» bobida ota-onalar va tarbiyachilarga quyidagicha maslahatlar berilgan: Ota-ona bolalami tarbiyalashda ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishlari kerak. Ayniqsa, bolaning xulqidagi kamchiliklari uning shaxsiyatiga tegmasdan bartaraf etilishi lozim. Asaming eng katta bobi oila va ota-onalaming tarbiyadagi faoliyatini sharhlashga bag'ishlanib, bu xususda bir mutafakkir sifatida yo'l-yo'riqlar ko'rsatgan Ibn Sinoning uqtirishicha, oila tarbiyasi ham amaliy, ham nazariy ish ekanligini ota-onalaryaxshi bilishlari zarur.4)ta-ona bola tarbiyasida turli usullardan foydalansa, oila baxtli bo'ladi. Shuning uchun «Nasihat yo'li» bobida ota-onalaming vazifalari ifodalanib, bu vazifalarni bajarish uchun ota va onada qanday fazilatlar bo'lishi kerakligi ko'rsatib o'tilgan. l.Onalar fazilati hamda burchlari haqida kitobning alohida bobida fikr yuritilgan. Xotinlaming yaxshi fazilatlari: 1. Xotin kishi bilimli bo'lsin. U dinga ishonsin. Uyatchan, sharmu hayoli, iboli, tabiatan jasur, o'z erini qattiq sevadigan, tug'ish va bola tarbiyasi haqida o'ylaydigan bo'lishi, ezma bo'lmasligi va o'z eriga bo'ysunishi, to'g'ri, kamtar, farosatli bo'lishi kerak. O'z vazifasi va burchini anglashi, tejamkor, eri bilan itoatkorona muomalada bo'lishi, uni hurmat qilishi lozim. Ibn Sino o'zining ilmiy va badiiy asarlari, serqirra amaliy faoliyati bilan jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk siymolardandir. Uning «А1 Qonun», «Donishnoma», to'qqizta dostondan iborat «Uijuza fit tibb» va boshqa asarlarida o'z aksini topgan, bayon etilgan ta’lim va tarbiyaga, axloqodobga doir fikrlari badiiy asarlari tarkibidagi yuksak g'oyalar, hikmatlar yo'g'rilgan pandlar hamma zamonlarda ham komil inson tarbiyasida asqotgan. TADBIR AL-MANOZIL («Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash») Agar o'quvchi birga o'qisa, u zerikmaydi, fanni egallashga qirqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bulaming hammasi o'qishni yaxshilashga yordam beradi. O'zaro suhbatda o'quvchilar bir-biriga kitobdan o'qib olganlarini, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar. Bolalar birga to'planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do'stlashadilar, o'quv materiallarini o'zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, yaxshi odoblami qabul qiladilar. ( Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta’limi va tarbiya haqida. Т.: 1967, 93-bet.) ... Agar sendagi yomon xususiyatni do‘sting o ‘z vaqtida ko'rsatib, uni tuzatishga yordam bermasa, sendagi bu yomon xususiyat hozircha kichik bo‘lsa-da, u keyinchalik odat tusiga kirib qolishi mumkinki, uni tuzatish qiyin bo'lib qoladi... ... U (davlat boshlig'i) o'zidagi butun kamchiliklami tuzatishi kerak, toki birorta dog' qolmasin. Buning uchun «Tadbiri manzil»dan foydalanish kerakki, unda tarbiyaning to'g'ri usullari ko'rsatilgan. ... Siz gaplashish, fikr olishda xayrixohlik, talablarga rioya qilgan holda ish ko'rsangiz, yo'ldan adashmaysiz va to'siqlarga duch kelmaysiz. ... Inson o'z badanidagi yaraga qanday ehtiyotlik bilan muomala qilib, yara qonini sekinlik bilan yuvsa, nasihat oluvchi kishiga ham shunday muomala munosib bo'lishi lozim. ... Biz amaldorlar, o'ziga tinch oila farzandlarining ozmunchasini uchratmadikki, ular ota boyligi, davlatga mag'rur bo'lib, bir kasb-korni o'zlashtirishga kirishgan bo'lsin va shu yo'sinda o'z ma’naviy takomiliga erishgan bo'lsin. Ibn Sino bola xulqini tarbiya qilishda nasihat usulini taklif etadi. Allomaning ta’kidlashicha nasihat qilishda bolaga nihoyatda hurmat bilan yondashish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik uning ta’sir kuchini yo‘qotadi. “Sening fikrlaring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir”. Ibn Sino bolaning salbiy xulqli bo‘lishiga ota-onaning uquvsizligi, tajribasizligi sabab bo‘ladi deb fikrini quyidagicha: “Ota-ona ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar ular tajribasiz bo‘lsa, o‘z oila aozolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Yomon tarbiya ko‘rgan bola nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahalla-ko‘yga ham yomon zarar keltirishi mumkin”,-deb tushuntiradi. Shuningdek Ibn Sino tarbiya haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: Har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi. * * * Qanoat deb, o‘ziga kifoya qiladigan narsaga erishishga aytiladi; buni bo‘shashganlik ham deyishadi. Qanoat kamtarlik va uncha-muncha narsani nazarga ilmaydigan xislat bilan hirs o‘rtasida bo‘ladi. * * * Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi. * * * Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi. * * * Iffat esa yomonlik bilan shahvat hamda bunga o‘xshagan narsalar o‘rtasida turadi. Yana u serhafsalalik bilan behafsalalik o‘rtasida turadi. * * * Saxovat esa baxil hamda ziqnalik bilan sarf qilish o‘rtasida turadi. * * * Shijoat — dovyuraklik esa qo‘rqoqlik bilan qo‘pollik o‘rtasida bo‘ladi. * * * Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi. * * * Haqiqat mantiq ilmidan talab qilinsin! Ichki quvvatlarning ta’sirlari va ta’sirlanishlari takrorlanaversa, ular uchun kuchli bir malaka hosil bo‘ladi. Axloq ham shunday vujudga keladi. * * * His ichki ruhga qattiqroq ta’sir etadi va uni harakatga solishda aqld an kuchliroqdir. * * * Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi. * * * * To‘g‘rilik, agar u to‘g‘riligi isbotlanayotgan narsaning bevosita o‘zida topilsa, u holda u o‘sha narsani mustahkamlaydi, yaxshilaydi. * * * To‘g‘ri deb o‘ylanilgan qanchadan-qancha narsalar bo‘ladiki, ular aslida to‘g‘ri bo‘lmay, balki faqat xatolardan iborat bo‘ladi. * * * Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi. * * * Kek aslida aziyat bergan narsaning fikrda takrorlanishi bilan hamda undan o‘ch olish orzu-xayolining takrorlanishi bilan paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishiga g‘azabning bir qadar davom etishi ham sabab bo‘ladi. * * * Bilginki, agar g‘azab tez o‘tib ketsa, uning surati xayolda takrorlanmaydi va yo‘q bo‘lib ketadi, natijada kek hosil bo‘lmaydi. * * * Ma’rifatchi (orif) botir odam bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, saxovat egasi bo‘ladi. Shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U barcha behad narsalarga hirs qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘z nafsoniyati bilan ulug‘vor bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! * * * Tabiatda bekorchi narsalar bo‘lishining o‘zi bo‘lmagan narsadir. * * * Ma’ruf va mashhur bo‘lmagan narsalarni odat etishga ko‘proq intilinadi. Chunki odat bo‘lgan narsalar ko‘pincha sezilmaydi. * * * Hujum qilib kelayotgan qo‘shinlardan qo‘rqib qochish, insonlardagi qo‘rqoqlikni boshqalar tomonidan fosh etilishi, boylikni yerga ko‘mish, adolatsizlikning ko‘rinishlari, ifloslikka befarq qarash, shubhali joylarda bo‘lish, razillikni istash, axloqiy tubanlikka borish, kambag‘alni talash, o‘liklar kafanini qazib olish, gadoychilik qilish, haddan tashqari ziqnalik qilish, sudxo‘rlik qilish, kechirim so‘raganlar iltimosini rad etish, sud oldida turishgacha borish, muruvvatsizlik kabilar sharmandalikka kiradi. * * * Insonlarni doimiy tobe bo‘lib yashashlari, boshqalar tomoni-dan o‘z nafsini masxara qilinishga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini qiziqqon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. * * * Ulug‘lik insonga eng yomon hodisalarni yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir matonatni jamlovchi kuchdir. * * * Farosat- sezgidan keladigan ishoraning asl ma’nosiga tezda yetishmoqqa aytiladi. * * * Ilm - narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. * * * Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat - donishmandlik deyiladi. * * * Bayon - inson fikriga kelgan ma’noni yaxshi ifodalanishidir. Har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi. * * * Barvaqt aytib qo‘yib, oshkor qilish zarar keltiradigan bir narsani aytishdan o‘zni tiyib turish ishini inson vijdoniga havola qilinganiga sir saqlash deb aytiladi. * * * Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir. * * * Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi. * * * O‘z kuchini zarur bir meyorda ushlab turish ham qanoat sanaladi. * * * Ochko‘zlik, yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan o‘zni tutish iffat sanaladi. * * * Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi. * * * Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topi-shida ko‘rinadi. * * * Xijolat va tortinchoqlik qayg‘u va yomonlik tufayli tinchlikning buzilishidir. Bundan inson o‘zining o‘tmishi, hozirgi payti va kelajakdagi mavqei qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini o‘zi koyiydi. Savol va topshiriqlar 1. Ibn Sinoning pedagogik qarashlari? 2. Ibn Sinoning faoliyat va mas’uliyat haqidagi fikrlari tahlili? 3. Ma’ruf va mashhur bo‘lmagan narsalarni odat etishga ko‘proq intilinadi. Chunki odat bo‘lgan narsalar ko‘pincha sezilmaydi. Hikmatida qanday insoni sifatlar haqida fikr bildirilmoqda. Download 373.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling