2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


-noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi


Download 59.36 Kb.
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi59.36 Kb.
#1507934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu k.p. (1)

-noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi. Shunday qilib, kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi:
1 guruhi– shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba`zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityud, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qo`llash to`g`ri bo`ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.
2 guruhi– kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o`rganish, mehnat metodi, hujjatlarni o`rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o`rganish metodi, shuningdek, professiografiya yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
3 guruhi-muhim kasbiy ko`rsatkich faoliyat va shaxs belgilarini o`lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta`lim testlari qo`llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
4 guruhi-kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizm-larini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya`ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.
5 guruh-usullari tadqiqiy ma`lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yo`nal-tirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya`ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar.
Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
3-jadval

Tadqiqot vazifasi



Tadqiqot usular guruxi

Tadqiqot metodlari

Shaxs kasbiy shakllanishining tasviri

Genetik usullar



Longityud metod, biografik metod, kavzometriya, psixobiografiya, tahlil qilish metodi

Kasblar tavsifi

Praksimmetirik usullar

Topshiriqlarni tahlil qilish, hujjatlarni o`rganish, mehnat metodlari, kuzatilayotganlarni savol javob orqali o`rganish

Muhim kasbiy belgilarni o`lchash

Psixometrik usullar

Maxsus qobiliyatlar testi, muvaffaqiyatlarni o`rganish testi, qiziqishlar bo`yicha savol-javoblar, ta`lim diagnostikasi

Shaxsning kasbiy shakllanishini tushuntirish

Eksperimental usullar

Tabiiy, laboratoriya, shakllantiruvchi usullar

Tadqiqot usullariga ishlov berish



Matematik ishlov berish usulari



Despersion, korrelyasion, faktorli (omilli) tahlil

Genetik usullar. Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o`zgarishlarini tadqiq etish uchun mo`ljallangan. Kasb psixologiyasida longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi4. Longityud metod–bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularning rivojlanishi jarayonini ko`p marotabali tizimli ravishda o`rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o`rganish maqsadida yillar davomida o`tkaziladi. Longityud metodi


__________________________________
4 Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press
psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik prognozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo`llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o`tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida deyarli qo`llanilmagan. Longityud metod bir vaqtning o`zida boshqa metodlarni qo`llanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o`tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bog`liq bo`ladi. Longityud metodini kasb psixologiyasida qo`llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o`zgarishlarini o`rganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro`-e`tibor qozonishning yo`l-yo`riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo`llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko`pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o`lchovlar o`rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig`ida o`tkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini o`rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo`lib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy o`zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog`liq bo`lishi mumkin.
Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o`rganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo`llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o`rganish uchun ko`p vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo`llash yordamida bartaraf etish mumkin. Biografik usul – shaxs hayot yo`lini o`rganish va loyihalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma`lumotlarni o`rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.

Download 59.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling