2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


Download 59.36 Kb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi59.36 Kb.
#1507934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu k.p. (1)

- refleksiya (inson o`zini - o`zi anglash hamda bo`lg`usi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tug`ilishi kabilar). Sh.Byuler intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat bo`lishi shart deb hisoblaydi:
1)-sinkretizm (tushunchalarni bir - biridan ajrata olmaslik holati);
2)-agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, noto`g`ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo`laklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish);
3)-xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga biron - bir jihatdan yordam berishi;
4)-realiya (realizm, ya`ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning ko`rinishi singari). Insoniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni o`rganish borasida ko`pgina ishlar qilingan. Shulardan biri intellektni o`rganish testlaridir. Ko`pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol o`ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o`tish mumkin.
Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo`lib, tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test so`rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz.
I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):
- har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash;
- turli tipdagi shakllar o`rtasidagi farqlarni aniqlash;
- 4ta tanga pulni sanab chiqish;
- kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir;
- berilgan savollarga to`g`ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab
etiladi,
- tashqaridan yordam berish man qilinadi;
- to`rtta raqamni to`g`ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.
II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):
- bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish;
- 5ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab);
- xariddan keyin qaytim berilishini izohlash;
- 4ta raqamni teskarisiga takrorlash;
- berilgan 3 ta so`zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok);
-uchta har xil so`zga qofiya tanlash;
ma`lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog`liqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik.
Ana shu talablarga suyangan holda Stenford – Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz. Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun ham har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo`lgan ko`rsatmaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Testlarning har birida uni o`tkazish yo`llari, vaqtning taqsimlanishi, tekshiriluvchilarga beriladigan og`zaki ko`rsatma va tegishli ko`rsatmalar, savollarni izohlash usullari batafsil aytib o`tilgan. Stenford-Bine testi kattalar uchun hamda uncha yoshi yuqori bo`lmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. Lekin bolalik davridan tortib to o`spirinlik yoshigacha o`zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koeffisientlari 0,33 (140-149 ball bo`lganligi uchun)dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`quvchilarda ishonchlilik koeffisientlari 0,91 (140-149 gacha ball to`plaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha o`zgarib turadi. Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni ochishga yo`naltirilgan bo`lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan ko`zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi.

Download 59.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling