2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


Download 59.36 Kb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi59.36 Kb.
#1507934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu k.p. (1)

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risida og`zaki va yozma ma`lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega. Shu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli fil`mlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbexlar ham o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tug`ilganidan, ham to boshlang`ich ma`lumot olgunicha davr orlig`ida salomatlik darajasi qanday bo`lganligi to`g`risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Tarjimai hol-metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o`rganib bo`lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: musiqa, nafosat, tasviriy san`at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma`naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste`dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o`z ifodasini topadi. Allomalar to`g`risidagi ma`lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta`rifu-tavsiflari orqali avloddan-avlodga o`tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg`unligini ta`minlaydi.
Anketa metodi. Umumiy psixologiyada keng qo`llaniladigan metodlardan biri bo`lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o`rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo`lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan iborat bo`ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida to`rt-besh to`g`ri javoblari ballar yordamida baholanadi.
Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin6.Tarqatilgan anketalar yig`ib olinib, elektron qisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o`rganish uchun boy material to`plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to`g`ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak. Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o`tamiz:
1. Kursingizda eng yuqori obro`ga ega bo`lgan talaba qaysi?
2.Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his-tuyg`usini uyg`ota oladi? 3.O`qish bilan bog`liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz?
4.Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz? 5.O`rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz? 6.Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashg`ulotlarga birgalikda tayyorlanishni yoqtirasiz?
7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?


__________________________
6 Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press.

Download 59.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling