2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


Download 59.36 Kb.
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi59.36 Kb.
#1507934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu k.p. (1)

Sosiometriya metodi.Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan bo`lib, kichik (birlamchi) guruh a`zolari o`rtasida emosional, hissiy munosabatlarni bevosita o`rganish va darajasini o`lchashda qo`llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a`zoning o`zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so`raladi. Olingan ma`lumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi.
Ulardagi miqdor ko`rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma`lum bir xulosa qiladi. Biroq ma`lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko`rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sosiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o`zgartirilgan variantlari, ko`rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin.
Ayniqsa sosiometriyaning Ya.L. Kolominskiy ishlab chiqqan o`zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to`g`risida to`la axborot berishga yordam beradi. Odatda o`quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg`ulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma`qul» deb tanlashi lozim. Unga avval, hammadan ko`ra ko`proq kim bilan birga bo`lishni xohlasang, o`shaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to`g`ri kelmasa, yana kim bilan birga bo`lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy tabaqalanishni ko`rsatish uchun sosiogramma to`rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o`g`il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to`g`ri keladi. Guruh a`zolarining o`zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog`langanida o`z ifodasini topadi. Eng ko`p munosabatga ega bo`lgan sinaluvchi doiraning markazidan o`rin oladi. U guruh a`zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar bilan aloqa o`rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o`rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Shu yo`l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi ko`rsatkichlar taqqoslanadi. Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o`ziga xosligi, psixologik mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o`zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g`oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to`g`risida mulohazalar yuritiladi.

Download 59.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling