2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi


Download 59.36 Kb.
bet12/12
Sana16.06.2023
Hajmi59.36 Kb.
#1507934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu k.p. (1)

Eksperimental usullar (tajriba usullari). Eksperiment metodi-psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi-sabab-natija aloqalarini o`rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat. Eksperiment o`tkazishda farq va rozilik qoidasini qo`llaydilar (J.S.Mill) A, B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa, ammo B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental sifatida ko`rib chiqiladi, ikkinchisi-nazorat guruhi deb ko`riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o`zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli o`zgarishlarga duch kelish mumkin.
Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko`rsatilgan bo`lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub`ektiv baholardan foydalangan holda, ya`ni x2 x1 dan katta, y2 esa y1 katta degan xulosani ta`kidlab qolmasdan balki, hech bo`lmaganda umumiy hollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo`ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o`zgarishlarni tasdiqlashning o`zi bo`lmaydi.
Eksperiment modeli

Guruh

Guruhning eksperimentgacha holati

Guruhning eksperimentdan so`nggi holati

Bo`lib o`tgan o`zgarishlar



Eksperimental nazorati

Х1
У1

Х2
У2

Х1- Х2
У1 - У2

Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko`rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab turgan muhandislar ko`p deffektlarni o`tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi. Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo`lgan qobiliyatlarni tashxis qilib beruvchi (diqqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Eksperimentni o`tkazishda o`rganilayotgan jarayon o`tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o`zgartiriladi, o`zgaruvchan omillar ta`sirini ajratish, ularning o`zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarni o`rgatish mumkin8.


Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o`rganilayotgan jarayoniga to`g`ri baho berish, ma`lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi. Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy sharoitlarda o`rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshirig`ini bajarish jarayonida va hokazo).
Nazorat savollari:
1. Kasb psixologiyasining asosiy metodlarini tavsiflang
2. Test metodlari afzalliklarini va kamchiliklarini izohlang
3. Texnik qobiliyatlar deganda nimalar tushuniladi?
4. Eksperimental metodlar turlarini izohlang
5. Psixometrik usullarga nimalar kiradi?
_____________
8 Professional Psychology: Research and Practice Artificial Intelligence in Psychological Practice: Current and Future Applications and Implications. David D. Luxton . Online First Publication, November 11, 2013. doi: 10.1037/a0034559, page :
Download 59.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling